Среда, 20.06.2018, 21:46
Приветствую Вас Гость | RSS

Категории раздела
Dunyo yangiliklari / Olam xabarlari [253]
Yurtimiz xabarlari / O'zbekiston yangiliklari [232]
Qiziqarli ma'lumotlar / Faktlar / Turfa olam [218]
Foydali maslahatlar / Kerakli ma'lumotlar [562]
Pazandalik sirlari / Ovqat qilishni o'rganish [50]
Pishiriq qilish / Mazali shirinliklar tayyorlash [33]
Tort tayyorlash / Tort pishirishni o'rganish [7]
Salat tayyorlash / Salatlar qilishni o'rganish [16]
Ichimliklar tayyorlash / Qaynoq va Yaxna ichimliklar [6]
Ayollar bo'limi / Qizlarga maslahatlar [56]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari [142]
Sport yangiliklari / Sport xabarlari [57]
Futbol yangiliklari / Futbol xabarlari [31]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / Badavlat bo'lish [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [16]
Psixologik testlar / Qiziqarli o'yinlar / Psixalogiya [22]
Sevgi va Muhabbat (Psixolog maslahatlari) [16]
Avtomobil olami / Mashinalar haqida ma'lumot [8]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami (Kunlik) [30]
21-Asr tehnologiyasi / XXI asr tehnologiyalari [60]
Mobil olam / Mobil telefonlar narxlari [23]
Shou biznes yangiliklari / Sanatkorlar haqida [70]
Savol bering javob beramiz / So'ragan edingiz [29]
Bolalar salomatligi / Farzand tarbiyasi haqida [28]
Go'zallik sirlari / Chiroyli bo'lish / Chiroyli qomat siri [75]
Qo'shiqlar matni / Qo'shiq so'zlari [333]
Yulduzlar biografiyasi / Honandalar hayoti va Ijodi [17]
Ob-havo ma'lumotlari / Bugungi ob-havo yangiliklari [31]
1-Aprel hazil va Kulgi kuni haqida ma'lumotlar va she'rlar / 1-Апрел хазиллари [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar [77]
Kompyuterlar haqida ma'lumotlar / Kompyuter darslari [9]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [44]
Web sayt yaratish sirlari / sayt tuzishni o'rganish va Dasturlash tillari [9]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 305
Мини-чат
Статистика
waplog Statok.net
Онлайн всего: 19
Гостей: 19
Пользователей: 0
Главная » 2018 » Июнь » 4 » Uzoq umr ko`rishning siri nimada?
11:48
Uzoq umr ko`rishning siri nimada?
Yaqin kelajakda insonlar 200 yil, hatto 300 yillab umr ko`rishi mumkin ekan. Ushbu fikrni tasdiqlovchi dalillar bor, albatta.

Insoniyat qadimdan uzoq umr ko`rish sirlarini topishga harakat qiladi. Amerikada istiqomat qilgan ispan tadqiqotchisi Ponse de-Mon odam organizmida “yoshlik favvorasi”, professor Mechnikov “qarilik zahri”, Siolkovskiy esa “his etuvchi va fikrlovchi atomlar” mavjud deb hisoblab, bu borada ko`plab ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Biz bilan zamondosh gerontologlar (umrni uzaytirish bilan bog`liq fan mutaxassislari) bildirayotgan fikrlarga ko`ra, yaqin kelajakda insonlar 200 yil, hatto 300 yillab umr ko`rishi mumkin ekan. Ushbu fikrni tasdiqlovchi dalillar bor, albatta.

“Qarilik genlari”

Monreallik genetik olimlar tomonidan qurtlarda “geniogenlar” (“qarilik genlari”) kashf qilindi. Olimlar tadqiqot davomida “qarilik genlari”ni olib tashlashgach, qurtlarning umri 5 barobarga uzaydi. Ayni paytda ularining faolligi oshish bilan birga, oziqlanishga ehtiyoji keskin kamaydi. Oradan ko`p o`tmay inson a`zolarida ham “qarilik genlari” borligi aniqlandi. Endilikda mutaxassislar mazkur masalaga jiddiy yondashsalar inson umri bir necha barobarga uzayishi mumkin.

Ochlik – mo``jiza

Tadqiqotchilarning ta`kidlashicha, inson a`zolarida paydo bo`ladigan kislorodning faol shakllari uning keksayish jarayonini tezlashtiradi. Kislorodning faol shakllari ichki organizmdagi barcha hujayralar tarkibiy qismi va yurak qon-tomir faoliyatini ishdan chiqaradi. Bunga qarshi yagona chora — ochlik deyilmoqda. Olimlar ro`za kasalliklarga qarshi immunitetni kuchaytirishini, ro`za tutgan odamda ushbu maqsadga xizmat qiluvchi hujayralar o`n marta ko`payishini ilmiy isbotlagani bejiz emas.

Shuningdek, iste`mol qilinayotgan oziq-ovqatning kaloriyasi qanchalik yuqori bo`lsa, kislorodning faol shakllari shunchalik ko`payadi. Shuning uchun uzoq umr ko`rishni istovchilar kam kaloriyali ovqatlar bilan birgalikda ho`l meva va sabzavotlarni ko`proq tanovul qilishlari hamda sharbatlar, dorivor giyohlar damlamalari va ko`k choy ichishlari maqsadga muvofiqdir.

Tadqiqot natija berdi

AQShdagi qarilikni o`rganish Milliy instituti olimlari tomonidan ochlik bilan umrni uzaytirish ustida olib borilgan tadqiqot natijalari e`lon qilinganda, buni keng jamoatchilik katta qiziqish bilan qarshi oldi. Yarim yil mobaynida 48 nafar odam iste`mol qiladigan oziq-ovqatning odatdagi me`yoridan to`rtdan bir qisminigina tanovul qilish bilan cheklandi. Natijalar esa ularning a`zolarida qarishni to`xtatish jarayoni keskin kuchayganini ko`rsatdi.

Uzoq umr ko`ruvchilar qaerda?

Gerontologlarning fikricha, sayyoramizda eng uzoq umr ko`ruvchilar Abxaziya, Pokistondagi Xunza viloyati va Ekvadordagi Vilkabambe qishlog`i aholisi hisoblanadi. Har uchala hudud ham tog`li joylar bo`lib, u erlarda istiqomat qiluvchilar bir asr umr ko`rsalar-da, ruhan va jismonan tetikligi bilan ajralib turadi. Olimlar ularning hayot tarzini o`rganishganda, bu erlik aholining bolalikdan to`yib ovqatlanmasligi va ko`pincha och yurishga ko`nikkani ma`lum bo`ldi. Shuningdek, ular iste`mol qiladigan oziq-ovqatlarning aksariyat qismini ho`l meva va sabzavotlar tashkil qilib, asosiy vaqti esa toza havoda jismoniy mehnat qilish bilan o`tishi aniqlangan.

Ma`lumotlarga ko`ra, Yaponiyada ham 100 yoshga kirganlar soni soat sayin o`sib bormoqda. 1963 yili bu erda 153 nafar 100 yoshga kirgan odam ro`yxatga olingan bo`lsa, hozirda ularning soni 36 ming nafardan ko`pni tashkil etadi.

Tibbiy maslahat

Mutaxassislarning qayd etishicha, uzoq umr ko`ruvchilarning hayot tarzlarida ayrim o`xshashliklar bor. Masalan, ularning hech biri ortiqcha vazndan aziyat chekmaydi. Ma`lumki, organizmdagi to`plangan yog`lar yurak faoliyatiga salbiy ta`sir o`tkazib, qon-tomir sklerozi xastaligini keltirib chiqarishi mumkin. Shu boisdan ham uzoq umr ko`rish garovi — parhez. Yog`li taomlardan qochib, ko`proq sabzavotlar, ko`katlar, ho`l mevalar iste`mol qiling. Stresdan saqlaning. Uzoq yashashning yana bir shartiga ko
Категория: Foydali maslahatlar / Kerakli ma'lumotlar | Просмотров: 67 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: umr, nimada?, korishning, uzoq, Siri | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Июнь 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930

Copyright MyCorp © 2018
uCoz