Вторник, 11.12.2018, 10:39
Приветствую Вас Гость | RSS

Категории раздела
Dunyo yangiliklari / Olam xabarlari [265]
Yurtimiz xabarlari / O'zbekiston yangiliklari [239]
Qiziqarli ma'lumotlar / Faktlar / Turfa olam [220]
Foydali maslahatlar / Kerakli ma'lumotlar [566]
Pazandalik sirlari / Ovqat qilishni o'rganish [50]
Pishiriq qilish / Mazali shirinliklar tayyorlash [33]
Tort tayyorlash / Tort pishirishni o'rganish [7]
Salat tayyorlash / Salatlar qilishni o'rganish [16]
Ichimliklar tayyorlash / Qaynoq va Yaxna ichimliklar [6]
Ayollar bo'limi / Qizlarga maslahatlar [56]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari [142]
Sport yangiliklari / Sport xabarlari [61]
Futbol yangiliklari / Futbol xabarlari [33]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / Badavlat bo'lish [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [16]
Psixologik testlar / Qiziqarli o'yinlar / Psixalogiya [22]
Sevgi va Muhabbat (Psixolog maslahatlari) [16]
Avtomobil olami / Mashinalar haqida ma'lumot [10]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami (Kunlik) [30]
21-Asr tehnologiyasi / XXI asr tehnologiyalari [62]
Mobil olam / Mobil telefonlar narxlari [23]
Shou biznes yangiliklari / Sanatkorlar haqida [77]
Savol bering javob beramiz / So'ragan edingiz [29]
Bolalar salomatligi / Farzand tarbiyasi haqida [28]
Go'zallik sirlari / Chiroyli bo'lish / Chiroyli qomat siri [75]
Qo'shiqlar matni / Qo'shiq so'zlari [336]
Yulduzlar biografiyasi / Honandalar hayoti va Ijodi [17]
Ob-havo ma'lumotlari / Bugungi ob-havo yangiliklari [33]
1-Aprel hazil va Kulgi kuni haqida ma'lumotlar va she'rlar / 1-Апрел хазиллари [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar [85]
Kompyuterlar haqida ma'lumotlar / Kompyuter darslari [9]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [44]
Web sayt yaratish sirlari / sayt tuzishni o'rganish va Dasturlash tillari [9]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 314
Мини-чат
Статистика
waplog Statok.net
Онлайн всего: 15
Гостей: 15
Пользователей: 0
Главная » 2018 » Апрель » 8 » Uzbek Tigers — Venesuela Caciques 9:1. O‘zbekistonlik bokschilar venesuelalik raqiblarini ayab o‘tirmadi
02:58
Uzbek Tigers — Venesuela Caciques 9:1. O‘zbekistonlik bokschilar venesuelalik raqiblarini ayab o‘tirmadi
Butunjahon boks seriyasida ishtirok etayotgan O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi Venesuelaning Venesuela Caciques jamoasiga qarshi jang olib bordi. Bugunning o‘zida 10 ta jang o‘tkazilishi belgilangandi. Ularning barchasi o‘z nihoyasiga yetib ulgurdi. Janglarga Termiz shahri mezbonlik qildi.

Jamoalar ikki guruhga C1 va C2 guruhiga bo‘lingan holda jang olib bordi.

Dastavval C1 guruhi bokschilari ringda o‘zaro bellashdi.

-49 kg vazn toifasi bokschilari Nodir Mirzaahmedov hamda Luis Polaso o‘zaro jangda bugungi boks oqshomini ochib berdi. Jangni turkiyalik referi Chinor Yasar boshqarib bordi. Hakamlar qaroriga ko‘ra Nodirjon Mirzaahmedov muddatidan avval g‘alaba qozondi. Raqib bokschining qoshi yorilgani bois, hakamlar jangni to‘xtatdi. Shu tariqa Uzbek Tigers 1:0 hisobida oldingan chiqib oldi.

56 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Uzbek Tigers a’zosi Shahobiddin Zoirov venusuelalik raqibi Yoel Finolni mag‘lub etdi. Zoirov hakamlarning qaroriga ko‘ra 3:0 (49:46, 49:46, 48:47) hisobida g‘alaba qozondi.

75 kg vaznda ringga ko‘tarilgan Uzbek Tigers a’zosi Isroil Madrimov venusuelalik Keybar Gonsalesga qarshi ringga chiqdi. Isroil Madrimov hakamni ikki bor hisobni ochishga majbur qildi va katta ustunlik bilan g‘alaba qozondi. Hakamlar bir ovozdan 3:0 (50:45, 50:43, 50:41) hisobida Isroilning g‘alabasini qayd etdi.

C1 guruhining so‘nggi jangida 91 kg vaznda ringga ko‘tarilgan Uzbek Tigers a’zosi Sanjar Tursunovga Venesuela Caciques jamoasidan Bello Dias raqiblik qildi. Sanjar Tursunov ham hakamni 2 bor hisobni ochishga majbur qildi va raqibini mag‘lub etdi. Hakamlar bir ovozdan Sanjarning g‘alabasini qayd etdi. Hisob 3:0 (50:42, 50:44, 50:43) ko‘rinishini oldi.

Shu tariq C1 guruhida Uzbek Tigers raqibini mutlaq 5:0 hisobida yengishga erishdi.

49 kg: Nodirjon Mirzaahmedov – Polanko Vaskes Diskvalifikatsiya sababli Nodirjon g‘alaba qozondi.
56 kg: Shahobiddin Zoirov – Yoel Finol - 3:0 (49:46, 49:46, 49:47)
64 kg: Aliyor Noraliyev – Kristian Palasio - 3:0
75 kg: Isroil Madrimov – Keybar Gonsales - 3:0 (50:45,50:43, 50:41)
-91 kg: Sanjar Tursunov – Bello Dias – 3:0
22:00 dan boshlab C2 guruh janglariga start berildi.

C2 guruhining 1-jangi 52 kg vaznda Jasurbek Latipov Xesus Roxasga qarshi ringga chiqib, raqibini muddatidan avval mag‘lub etishga erishdi.

Ikkinchi jang esa 60 kg vaznda Shunqor Abdurasulov va Luis Kabrera o‘rtasida kechdi. Hakamlar ushbu jangda Shunqorning 2:1 hisobida g‘alaba qozonganini qayd etdi.

Uchinchi jang 69 kg vaznda Mahmud G‘oipov hamda Gabriel Maestre o‘rtasida kechdi. Jangda hakamlar Maestrening 3:0 hisobidagi g‘alabasini qayd etdi.

To‘rtinchi jangda 81 kg vaznda ringga ko‘tarilga Rio Olimpiadasi sovrindori Bektemir Meliqo‘ziyev raqibi Nalej Korbajni muddatidan avval mag‘lub etishga erishdi.

C2 guruhining so‘nggi jangida +91 kg vaznda ringga ko‘tarilgan Bahodir Jalolov raqibi Jordan Ernandesni nokautga uchratib, muddatidan avval g‘olib bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi.

52 kg: Jasurbek Latipov - Xesus Roxas - TKO4
60 kg: Shunqor Abdurasulov - Luis Kabrera - 2:1
69 kg: Mahmud G‘oipov - Gabriel Maestre - 1:2
81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev - Nalek Korbaj - KO1
+91 kg: Bahodir Jalolov - Jordan Ernandes - KO1
Shu tariqa Uzbek Tigers Venesuelaning Venesuela Caciques jamoasini umumiy 9:1 hisobida mag‘lub etib etishga erishdi.
Категория: Sport yangiliklari / Sport xabarlari | Просмотров: 225 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: raqiblarini, venesuelalik, o‘zbekistonlik, Venesuela, 9:1., ayab, tigers, Caciques, UZBEK, bokschilar | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Апрель 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30

Copyright MyCorp © 2018
uCoz