Среда, 25.05.2022, 15:03
Приветствую Вас Гость | RSS

Категории раздела
Dunyo yangiliklari / Olam xabarlari [268]
Yurtimiz xabarlari / O'zbekiston yangiliklari [241]
Qiziqarli ma'lumotlar / Faktlar / Turfa olam [221]
Foydali maslahatlar / Kerakli ma'lumotlar [566]
Pazandalik sirlari / Ovqat qilishni o'rganish [50]
Pishiriq qilish / Mazali shirinliklar tayyorlash [33]
Tort tayyorlash / Tort pishirishni o'rganish [7]
Salat tayyorlash / Salatlar qilishni o'rganish [16]
Ichimliklar tayyorlash / Qaynoq va Yaxna ichimliklar [6]
Ayollar bo'limi / Qizlarga maslahatlar [56]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari [144]
Sport yangiliklari / Sport xabarlari [66]
Futbol yangiliklari / Futbol xabarlari [33]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / Badavlat bo'lish [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [17]
Sevgi va Muhabbat (Psixolog maslahatlari) [17]
Avtomobil olami / Mashinalar haqida ma'lumot [11]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami (Kunlik) [31]
21-Asr tehnologiyasi / XXI asr tehnologiyalari [62]
Mobil olam / Mobil telefonlar narxlari [23]
Shou biznes yangiliklari / Sanatkorlar haqida [77]
Savol bering javob beramiz / So'ragan edingiz [29]
Bolalar salomatligi / Farzand tarbiyasi haqida [28]
Go'zallik sirlari / Chiroyli bo'lish / Chiroyli qomat siri [75]
Qo'shiqlar matni / Qo'shiq so'zlari [340]
Yulduzlar biografiyasi / Honandalar hayoti va Ijodi [17]
Ob-havo ma'lumotlari / Bugungi ob-havo yangiliklari [34]
1-Aprel hazil va Kulgi kuni haqida ma'lumotlar va she'rlar / 1-Апрел хазиллари [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar [85]
Kompyuterlar haqida ma'lumotlar / Kompyuter darslari [9]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [44]
Web sayt yaratish sirlari / sayt tuzishni o'rganish va Dasturlash tillari [9]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 367
Мини-чат
Статистика
waplog Statok.net
Онлайн всего: 20
Гостей: 20
Пользователей: 0

Главная » 2022 » Февраль » 28 » «Urush ruslarga qimmatga tushdi va bundan ham qimmatga tushadi» - Sergey Guriyev
14:12
«Urush ruslarga qimmatga tushdi va bundan ham qimmatga tushadi» - Sergey Guriyev
Rubl tarixiy eng past darajaga tushib, dollar va yevroga nisbatan o‘z qiymatining 30 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi. 28 fevral kungi xalqaro savdolarda dollar kursi o‘zining eng yuqori cho‘qqisida 117 rubldan, yevro kursi esa 132 rubldan oshdi. Iqtisodchi Sergey Guriyevga ko‘ra, rubl uchun qaqshatqich zarba berildi.

27 fevral kuni Kollektiv G‘arb Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalar paketini e’lon qildi. Unda Rossiya Markaziy bankining Yevropa Ittifoqi, AQSh va Kanadadagi aktivlarini muzlatish va mamlakatni SWIFT tizimidan uzish kabi keskin iqtisodiy sanksiyalar ko‘zda tutilgan. Endi Rossiya Markaziy banki rubl barqarorligini saqlab qolish uchun xalqaro zaxiralaridan foydalana olmaydi. Meduza portali iqtisodchi Sergey Guriyev bilan sanksiyalar Rossiya iqtisodiyotiga qanday ta’sir qilishi haqida intervyu tashkil qildi.

— Yevropa Ittifoqi, AQSh va Kanada Rossiya Markaziy banki zaxiralarini muzlatish haqida e’lon qildi. Aftidan, bu SWIFT tizimidan uzilishdan ko‘ra ham qo‘rqinchliroq. Bu Rossiya uchun qanchalik og‘ir bo‘ladi?

— Bu mutlaqo kutilmagan yangilik bo‘ldi, bunday qaror qabul qilinishi mumkinligini hech kim kutmagan edi. Zaxiralar mavjudligi makroiqtisodiy barqarorlikning asosiy ustunlaridan biri hisoblanadi. Ertaga valuta bozorida nima bo‘lishini oldindan aytish juda qiyin, chunki zaxiralar muzlatilishi oldin hech qachon sodir bo‘lmagan.

Rubl kursi qanday shakllanishini aytish juda qiyin bo‘lgan davrga kirmoqdamiz. Ehtimol, ertaga kimoshdi savdosi bo‘lmaydi. Ehtimol, vahima ko‘tariladi. Mutlaq ishonch bilan aytish mumkinki, rubl uchun katta zarba berildi.

— Hozirgi vaziyatga Rossiya Markaziy banki zaxiralarining qaysi davlatda saqlanayotgani ham ta’sir ko‘rsatadimi?

— Ha, albatta. Ba’zilar Markaziy bankda oltin va yuanda ham zaxiralar bor, ularni sotish mumkin, deb aytishmoqda. Amerika sanksiyalari juda kuchli mexanizm. Xitoy banklari Rossiya Markaziy bankiga yordam berishni xohlamaydi, chunki AQSh buning uchun ularga qarshi ham sanksiyalar qo‘llashi mumkin. Bu kabi holat oldin sodir bo‘lgan. Xususan, AQSh sanksiya qoidalarini buzgani uchun Fransiyaning BNP Paribas bankini ko‘p milliard dollar jarima to‘lashga majbur qilgan.

Xitoy banklari risk va katta yo‘qotishlar evaziga Rossiyaga yordam berishga tayyor bo‘lishini tasavvur ham qila olmayman.

Vaziyat mutlaqo noaniq. Markaziy bank zaxiralaridagi oltinni AQSh sanksiyalariga tushib qolish xavfi ostida kim sotib olishni xohlaydi? Amerika Xitoy banklariga Rossiya oltinini sotib olish va Markaziy bankdagi yuanni dollarga almashtirishni taqiqlashi ham mumkin. Rossiya Markaziy banki esa dollar va yevroga juda muhtoj, chunki mamlakat importining katta qismi hali ham Yevropa mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Bizga dori-darmon, texnologiyalar, oziq-ovqat sotib olish uchun yuan emas, dollar kerak.

Xitoy banklari Rossiyaga dollar yoki yevro taqchilligini yengishda yordam bera oladimi? Masalan, men risk qilmagan bo‘lardim. O‘ylashimcha, Xitoy banklari: «Kechirasiz, biz Rossiya bilan ajoyib do‘stmiz, ammo Amerika sanksiyalari tufayli siz bilan hamkorlik qila olmaymiz», deyishadi.

—Hozirgi holat Rossiya boshidan kechirgan avvalgi inqirozlarga o‘xshaydimi?

— Noma’lum. Ammo 2014 yilga qaraganda qiyinroq bo‘ladi, chunki o‘sha paytda zaxiralar muzlatilmagandi va Markaziy bank nima qila olishini va nima qila olmasligini bilardi. Bugungi kunda neft narxi yuqori. Ammo rossiyalik neft eksportchilari o‘z mahsulotini sotib, dollar olish imkoniyatiga ega bo‘ladimi yoki yo‘qmi, aniq emas.

Endi hammasi juda murakkab bo‘ladi. Sanksiyalar qanday ishlashini hech kim bilmaydi. Bu kabi holat Eron va Shimoliy Koreya bilan sodir bo‘lgan, lekin Rossiya Eron yoki Shimoliy Koreya emas, balki juda muhim o‘yinchi.

— Eron va Shimoliy Koreyaning ham zaxiralari muzlatib qo‘yilganmidi?

— Muzlatilgandi, lekin bu butunlay boshqa miqdorlar edi. Agar 25 fevral kuni sanksiyalarning ta’siri haqida so‘rasangiz, shunday javob berardim: vaziyat qiyin, Rossiya texnologik jihatdan uzilib qoladi, Rossiyada iqtisodiy o‘sish bo‘lmaydi, lekin mamlakatda valuta inqirozi ham bo‘lmaydi, chunki Rossiyada juda katta xorijiy valuta zaxiralari bor. Ayni paytda men hech narsa deya olmayman, chunki ilgari bunday holat bo‘lmagan.

— Bu kabi sanksiyalar ko‘zlangan natijasini bergani haqidagi misollar bormi?

— Albatta. Eronni misol keltiraman. Ushbu davlat o‘z yadro bombasini yaratmoqchi edi, natijada sanksiyalar joriy etildi. Eron muzokaralarga borishga majbur bo‘ldi va Donald Tramp davrida kelishuvga erishildi. Katta ehtimol bilan, bunday qattiq cheklovlar Vladimir Putinning Ukrainadan qo‘shinlarni olib chiqish bo‘yicha muzokaralarni boshlashiga olib keladi. Fuqarolar noroziligi esa uni bunga undaydi.

— Agar Putin muzokaralarga borsa va qo‘shinlarni Ukrainadan olib chiqib ketsa, Rossiya iqtisodiyoti tiklanadimi?

— Shunday bo‘lgan taqdirda ham, qaysi sanksiyalar bekor qilinishiga bog‘liq bo‘ladi. Lekin ijobiy narsa ayta olmayman. Sodir bo‘lgan pretsedent Rossiyada har qanday kutilmagan narsa bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib bo‘ldi. Shu ma’noda, barcha sanksiyalar bekor qilinishiga ishonchim komil emas. Eng muhim jihat, endi G‘arb investorlari shunday deb o‘ylay boshlashadi: «Men hozir Rossiyaga sarmoya kirityapman. Ammo Putin yangi narsa o‘ylab topadigan bo‘lsa, hamma narsamni yo‘qotaman».

— Mavjud sanksiyalarni kuchaytirish imkoniyatlari ham bormi?

— Bu borada ko‘p narsani ayta olaman, lekin aytmayman. Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llayotgan odamlarga qandaydir g‘oyalarni taklif qilayotgandek tuyulishim mumkin. Bir narsani aytishim mumkin: Rossiya neft eksportiga embargo joriy etilishi mumkin. Ikki kun oldin mendan so‘ragan bo‘lganingizda, bu mutlaqo mumkin emas degan bo‘lardim. Ayni paytda hamma narsa mumkinligini ko‘rib turibmiz.

Amerikada neft ishlab chiqarish ko‘paytirilgan taqdirda sanksiyalar yanada kuchaytirilishi mumkin. Bu esa Vladimir Putinni Rossiya neftini Xitoyga arzonroq narxlarda sotishga majbur qiladi. Fikrimcha, ayni paytdagi sanksiyalar shunchalik og‘ir va ko‘pki, Putin muzokaralar olib borish uchun juda ko‘p rag‘batlarga ega. Ammo hech narsani oldindan ayta olmayman.

— Yana bir jiddiy jazo Rossiyaga yuqori texnologiyali mahsulotlar eksportining taqiqlanishi bo‘ldi. Bu nimaga olib keladi?

— Rossiyada texnologik rivojlanish bo‘lmaydi, chunki texnologiya sohasida qilmoqchi bo‘lgan hamma narsasi boshqa davlatlar bilan hamkorlikka bog‘liq. Rossiya bu borada yolg‘iz ham emas. Xitoy va AQShning ham yolg‘iz o‘zi hech narsa qila olmaydi. Jumladan, iPhone ham to‘liq Amerikada ishlab chiqarilmaydi. Oddiy haqiqat bor: eng ilg‘or mikrochiplar Tayvanda ishlab chiqariladi. Tayvan ham sanksiyalarga qo‘shildi. Bu Rossiyada texnologiyaning rivojlanishi to‘xtaydi, degan ma’noni anglatadi.

— Boshqa davlatlarga shunchalik tobeligini bila turib, Putin nimaga ishonib urush boshladi?

— Xulosa qilish qiyin, lekin men G‘arb bunday jiddiy sanksiyalarni qo‘llashga jur’at eta olmaydi deb o‘ylagandim. Ikkinchidan, Putin urushni juda tez tugatib, hammani o‘z haqiqatiga ishontirmoqchi edi. Biroq hammasi boshqacha bo‘ldi. G‘arb rahbarlari o‘zlarini aldangandek his qilishdi, hamma 1939 yil kelgani haqida ayta boshladi. G‘arb jamiyati o‘z hukumatlaridan keskin choralar ko‘rishni talab qildi.

— G‘arbning bunday jiddiy sanksiyalarni qo‘llashi o‘ziga ham ziyon yetkazmaydimi? Gaz ta’minoti uzilib qolishi mumkin.

— G‘arb bunga tayyor va ushbu masalani jiddiy muhokama qilmoqda. Shuning uchun ham Vladimir Putin oxirgi chiqishlarida gaz ta’minotini to‘xtatib, yevropaliklarni o‘tin yoqishga majbur qilish haqida gapirmayapti. U shunday dedi: bizda yadro quroli bor. Bu hamma qo‘rqadigan narsa. Shuning uchun ham G‘arb askarlari Ukraina tuprog‘ida jang qilmaydi. Biroq Fransiya tashqi ishlar vaziri Le Drianning «NATO ham yadroviy ittifoq ekanini unutmang» degan bayonotini esga olishimiz kerak. Ammo G‘arbda inson hayotining narxi juda qimmat, hech kim yadroviy urushni xohlamaydi. Hamma iqtisodiy choralarning o‘zi yetarli bo‘lishiga umid qilmoqda.

— Sizningcha, urushni to‘xtatish uchun hozirgacha qo‘llangan choralar yetarli bo‘ladimi?

— Menimcha, ha. Eronni misol qilib keltirdim. Albatta, Vladimir Putin urushni davom ettirishini inkor etib bo‘lmaydi. Ammo yana bir muhim omil bor – Ukraina xalqi qarshilik ko‘rsatishda davom etmoqda. Agar ular o‘z mamlakatini qahramonona himoya qilmaganda edi, iqtisodiy sanksiyalar yetarli bo‘lmasdi.

— Hozirgi vaziyatda oddiy rus xalqiga qanday maslahat bera olasiz?

— Urush ruslarga qimmatga tushdi va bundan ham qimmatga tushishi mumkin. Urushni to‘xtatish kerak. Men chet elda yashayman va Rossiyada yashovchi vatandoshlarimga maslahat bera olmayman. Lekin urushga qarshi chiqqan va mitinglarda qatnashganlarning jasoratiga qoyil qolaman.

Ma’lumot uchun, rubl tarixiy eng past darajaga tushib, dollar va yevroga nisbatan o‘z qiymatining 30 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi. 28 fevral kungi xalqaro savdolarda dollar kursi o‘zining eng yuqori cho‘qqisida 117 rubldan, yevro kursi esa 132 rubldan oshdi. Iqtisodchilarning fikricha, rublning qadrsizlanishi bundan-da dahshatli bo‘lishi mumkin.
Категория: Dunyo yangiliklari / Olam xabarlari | Просмотров: 115 | Добавил: uznew | Теги: qimmatga, tushadi», bundan, VA, ruslarga, Ham, Guriyev, «Urush, sergey, tushdi | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Февраль 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28

Copyright MyCorp © 2022
uCoz