Вторник, 23.10.2018, 13:21
Приветствую Вас Гость | RSS

Категории раздела
Dunyo yangiliklari / Olam xabarlari [261]
Yurtimiz xabarlari / O'zbekiston yangiliklari [234]
Qiziqarli ma'lumotlar / Faktlar / Turfa olam [220]
Foydali maslahatlar / Kerakli ma'lumotlar [566]
Pazandalik sirlari / Ovqat qilishni o'rganish [50]
Pishiriq qilish / Mazali shirinliklar tayyorlash [33]
Tort tayyorlash / Tort pishirishni o'rganish [7]
Salat tayyorlash / Salatlar qilishni o'rganish [16]
Ichimliklar tayyorlash / Qaynoq va Yaxna ichimliklar [6]
Ayollar bo'limi / Qizlarga maslahatlar [56]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari [142]
Sport yangiliklari / Sport xabarlari [58]
Futbol yangiliklari / Futbol xabarlari [33]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / Badavlat bo'lish [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [16]
Psixologik testlar / Qiziqarli o'yinlar / Psixalogiya [22]
Sevgi va Muhabbat (Psixolog maslahatlari) [16]
Avtomobil olami / Mashinalar haqida ma'lumot [8]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami (Kunlik) [30]
21-Asr tehnologiyasi / XXI asr tehnologiyalari [60]
Mobil olam / Mobil telefonlar narxlari [23]
Shou biznes yangiliklari / Sanatkorlar haqida [75]
Savol bering javob beramiz / So'ragan edingiz [29]
Bolalar salomatligi / Farzand tarbiyasi haqida [28]
Go'zallik sirlari / Chiroyli bo'lish / Chiroyli qomat siri [75]
Qo'shiqlar matni / Qo'shiq so'zlari [336]
Yulduzlar biografiyasi / Honandalar hayoti va Ijodi [17]
Ob-havo ma'lumotlari / Bugungi ob-havo yangiliklari [33]
1-Aprel hazil va Kulgi kuni haqida ma'lumotlar va she'rlar / 1-Апрел хазиллари [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar [85]
Kompyuterlar haqida ma'lumotlar / Kompyuter darslari [9]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [44]
Web sayt yaratish sirlari / sayt tuzishni o'rganish va Dasturlash tillari [9]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 310
Мини-чат
Статистика
waplog Statok.net
Онлайн всего: 13
Гостей: 13
Пользователей: 0
Главная » 2018 » Июль » 16 » Sut iching: Foydali ichimlikdan voz kechmaslik uchun 7 sabab
14:21
Sut iching: Foydali ichimlikdan voz kechmaslik uchun 7 sabab
Sutchalik ko‘p bahsga sabab bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari kam bo‘lsa kerak. Qanday sut ichgan ma’qul: yog‘limi yoki yozsizlantirilgan? Pasterizatsiya qilinganmi yoki yangi sog‘ilgan? Sutning zarari yo‘qmi? Xavotir olmang: sigir suti menyuda bo‘lishi shart. Aksariyat olimlar bu mahsulot iste’molining tarafdoridir. Nima uchun deysizmi? «Zdorovye s Yelenoy Malishevoy» sutning foydali jihatlariga doir ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

1. Yuqori ozuqaviy qiymat

Sigir suti A, Ye, K, S, D, V, RR, guruhlari vitaminlari, mineral moddalar va aminokislotalarga juda boy. Sut yog‘lari hayvon yog‘lari orasida eng to‘laqonlisi hisoblanadi, sut shakari esa ovqat hazm qilishga yordam beradi. Tuzlar, kalsiy va fosfor suyaklarni mustahkamlaydi. Sut ayniqsa bolalar uchun foydali – u bolalarning to‘laqonli o‘sishi va rivojlanishiga ko‘mak beradi.

2. Yurakka foydali

Sutni har kuni iste’mol qilish yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi va yurak xuruji hamda insulьt xavfini 37 foizga kamaytiradi. 324 dan ortiq tadqiqotlar natijalarini tahlil qilgan Buyuk Britaniya olimlari shunday xulosaga kelishdi. Bu qon tomirlari elastikligini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur kaliyning yuqori miqdorda ekanligi bilan izohlanadi. Sut shuningdek arterial qon bosimini pasaytirishga yordam beradi, shuning uchun u gipertoniyadan aziyat chekuvchi kishilar uchun zarur.

3. Miya va asab tizimi uchun foydali

Sut asab tizimiga tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, uyqusizlik bilan kurashishga yordam beradi. Asal qo‘shilgan iliq sut bekorga uyqusizlikka qarshi eng mashhur xalq vositasi hisoblanmaydi.

4. Suyaklarni mustahkamlaydi

Ichimlikda kalьsiy ionlari ko‘p, biroq uni o‘zlashtirishga yordam beruvchi D vitamini kamroq. Bu muammoni hal qilish uchun ba’zi ishlab chiqaruvchilar D vitamini bilan maxsus boyitilgan sutlarni sotuvga chiqarishadi.

5. Immunitetni oshirib, infeksiyalardan himoyalaydi

Sut immunoglobulinlar ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, shuning uchun tez-tez shamollash holatlarida va virusli kasalliklarda sut ichishni tavsiya qilishadi. Bug‘da qaynatilgan sutda esa tabiiy mikrobga qarshi vositalar – laotyanin ham bor.

6. Oshqozon kasalliklarida yordam beradi

Sigir sutida mavjud moddalar oshqozon va ichak shilliq qavati regeneratsiya jarayonlarida ishtirok etadi, shu bilan birga, bu mahsulot qoplab oluvchi ta’sirga ega. Sut shuningdek jig‘ildon qaynashidan xalos qiladi, zero uning tarkibida tuz kislotasi bilan oson reaksiyaga kirishuvchi va uni tezda o‘chirishga qodir metallar mavjud.

7. Mushaklar massasini oshirishga yordam beradi

Mahsulot kazein (boshqa hayvon yog‘lariga nisbatan tez va oson o‘zlashtiriluvchi oqsil)ga boy. Jismoniy mashqlardan keyin iste’mol qilingan bir stakan sut mushaklar massasini oshirish uchun kerakli nutriyentlar zaxirasini to‘ldiradi va shu bilan birga, to‘qlik hissini beradi.
Категория: Foydali maslahatlar / Kerakli ma'lumotlar | Просмотров: 180 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: sabab, voz, ichimlikdan, sut, foydali, iching:, kechmaslik, Uchun | Рейтинг: 5.0/3
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Июль 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Copyright MyCorp © 2018
uCoz