Пятница, 27.04.2018, 07:39
Приветствую Вас Гость | RSS

Категории раздела
Dunyo yangiliklari / Olam xabarlari [250]
Yurtimiz xabarlari / O'zbekiston yangiliklari [228]
Qiziqarli ma'lumotlar / Faktlar / Turfa olam [218]
Foydali maslahatlar / Kerakli ma'lumotlar [559]
Pazandalik sirlari / Ovqat qilishni o'rganish [50]
Pishiriq qilish / Mazali shirinliklar tayyorlash [33]
Tort tayyorlash / Tort pishirishni o'rganish [7]
Salat tayyorlash / Salatlar qilishni o'rganish [16]
Ichimliklar tayyorlash / Qaynoq va Yaxna ichimliklar [6]
Ayollar bo'limi / Qizlarga maslahatlar [56]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari [142]
Sport yangiliklari / Sport xabarlari [56]
Futbol yangiliklari / Futbol xabarlari [30]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / Badavlat bo'lish [13]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [16]
Psixologik testlar / Qiziqarli o'yinlar / Psixalogiya [22]
Sevgi va Muhabbat (Psixolog maslahatlari) [16]
Avtomobil olami / Mashinalar haqida ma'lumot [8]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami (Kunlik) [29]
21-Asr tehnologiyasi / XXI asr tehnologiyalari [60]
Mobil olam / Mobil telefonlar narxlari [23]
Shou biznes yangiliklari / Sanatkorlar haqida [69]
Savol bering javob beramiz / So'ragan edingiz [29]
Bolalar salomatligi / Farzand tarbiyasi haqida [28]
Go'zallik sirlari / Chiroyli bo'lish / Chiroyli qomat siri [75]
Qo'shiqlar matni / Qo'shiq so'zlari [333]
Yulduzlar biografiyasi / Honandalar hayoti va Ijodi [17]
Ob-havo ma'lumotlari / Bugungi ob-havo yangiliklari [31]
1-Aprel hazil va Kulgi kuni haqida ma'lumotlar va she'rlar / 1-Апрел хазиллари [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar [76]
Kompyuterlar haqida ma'lumotlar / Kompyuter darslari [9]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [44]
Web sayt yaratish sirlari / sayt tuzishni o'rganish va Dasturlash tillari [9]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 299
Мини-чат
Статистика
waplog Statok.net
Онлайн всего: 28
Гостей: 28
Пользователей: 0
Главная » 2018 » Апрель » 2 » Smartfon yoningizda bo‘lsa miya faoliyatingizga jiddiy xalal berishi aniqlandi
22:25
Smartfon yoningizda bo‘lsa miya faoliyatingizga jiddiy xalal berishi aniqlandi
Yoningizda turgan smartfon, hattoki tovushi o‘chirilgan bo‘lsada, kishining diqqati, yaratuvchanlik va mantiqiy fikrlash qobiliyatini susaytirar ekan. Xarvard Biznes revyu nashri yozishiga qaraganda inson yaqinida turgan smartfon doimo diqqatning bir qismini o‘ziga jalb qilib turadi.

Nashrda yozilishiga ko‘ra, 4 nafar marketing va psixologiya mutaxassislari: Kristen Dyuk, Edrian Uord, Eylet Gnizi, Marten Boslar 800 kishi ishtirokida qiziqarli ilmiy izlanish o‘tkazishgan.

Izlanish ishtirokchilari 2 bosqichda turli vazifalarni bajarishlari kerak bo‘lgan: birinchi bosqichda matematik masalalar yechish va raqamlarni eslab qolish, ikkinchi bosqichda – mantiqiy va ijodiy masalalar yechishlari kerak bo‘lgan.

Ushbu amaliyotlarni bajarayotgan fuqarolarning bir guruhiga telefon tovushi va vibratsiya signalini o‘chirib yonlariga stol ustiga qo‘yib qo‘yish, ikkinchi guruhga telefonni cho‘ntaklariga solib qo‘yish, uchinchi guruhga esa telefonlarini boshqa xonada qoldirib kirish so‘ralgan.

Tadqiqot natijalari izlanuvchilarni hayratda qoldirgan. Berilgan topshiriqlarni eng yaxshi bajarganlar — telefonlarini qo‘shni xonada qoldirib kelganlar bo‘lgan. Eng yomon natija ko‘rsatganlar esa – telefonlarini stol ustiga qo‘yganlar bo‘lgan.

Bundan yagona xulosa – telefon doimo inson oldida bo‘lsa, hatto uning tovushi o‘chirilgan bo‘lsa-da, kishining miya faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunki smartfondan foydalanishga o‘rganib qolgan kishi, o‘zi buni yaqqol anglamasada, doimiy ravishda yangi biror xabar kelmadimikin degan fikr bilan tez-tez tekshirib ko‘rgisi keladi. Ko‘pchilik bunday harakatlardan o‘zini tiyib tura olsada, miyaning bir qismi ana shu fikr bilan band bo‘ladi.

Aynan shu sababdan, imtihon, leksiya yoki biror yig‘ilishga telefon olib kirgan kishining faoliyati samaradorligi, telefonsiz kelgan kishiga nisbatan sust bo‘lar ekan.

Undan tashqari rivojlangan mamlakatlarda smartfonlardan o‘ta faol foydalanayotgan kishilar kamgap va odamovi bo‘lib qolishi ham kuzatilmoqda. Yaponiya, Buyuk Britaniya kabi rivojlangan mamlakatlarda: jamiyatda kishilar orasidagi jonli muloqot kamayib, ba’zilar hatto oila davrasida ham kam muloqot qiladigan bo‘lib qolmoqda. Kuzatilayotgan yana bir xavotirli holat – bu sotuvchi bilan jonli muloqotdan qochish niyatida, hamma narsani internet orqali xarid qiladigan yoshlar toifasi paydo bo‘layotganidir.

Smartfonlar foydasi va zararini yaxshilab o‘rganilgan ba’zi mamlakatlarda odamlar haftaning bir kuni yoki har kunning bir soati davomida telefonlarini o‘chirib qo‘yib, o‘z oila a’zolari va atrofdagilar bilan “jonli muloqot vaqti” tashkil qilishni odat qilib olmoqda.

Mualliflar haqida: Kristen Dyuk — Kaliforniya universitetida marketing fanlari nomzodi. Edrian Uord — Texas universitetida marketing kafedrasi dotsenti. Eylet Gnizi — Kaliforniya universitetida marketing va kishilar xulq-atvorini o‘rganish fakulteti dotsenti. Marten Bos — Karnegi-Mellon Universitetida ilmiy xodim.
Категория: Foydali maslahatlar / Kerakli ma'lumotlar | Просмотров: 44 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: faoliyatingizga, miya, Bo‘lsa, Smartfon, yoningizda, jiddiy, aniqlandi, xalal, berishi | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Апрель 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30

Copyright MyCorp © 2018
uCoz