Пятница, 14.12.2018, 13:34
Приветствую Вас Гость | RSS

Категории раздела
Dunyo yangiliklari / Olam xabarlari [265]
Yurtimiz xabarlari / O'zbekiston yangiliklari [239]
Qiziqarli ma'lumotlar / Faktlar / Turfa olam [220]
Foydali maslahatlar / Kerakli ma'lumotlar [566]
Pazandalik sirlari / Ovqat qilishni o'rganish [50]
Pishiriq qilish / Mazali shirinliklar tayyorlash [33]
Tort tayyorlash / Tort pishirishni o'rganish [7]
Salat tayyorlash / Salatlar qilishni o'rganish [16]
Ichimliklar tayyorlash / Qaynoq va Yaxna ichimliklar [6]
Ayollar bo'limi / Qizlarga maslahatlar [56]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari [142]
Sport yangiliklari / Sport xabarlari [61]
Futbol yangiliklari / Futbol xabarlari [33]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / Badavlat bo'lish [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [16]
Psixologik testlar / Qiziqarli o'yinlar / Psixalogiya [22]
Sevgi va Muhabbat (Psixolog maslahatlari) [16]
Avtomobil olami / Mashinalar haqida ma'lumot [10]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami (Kunlik) [30]
21-Asr tehnologiyasi / XXI asr tehnologiyalari [62]
Mobil olam / Mobil telefonlar narxlari [23]
Shou biznes yangiliklari / Sanatkorlar haqida [77]
Savol bering javob beramiz / So'ragan edingiz [29]
Bolalar salomatligi / Farzand tarbiyasi haqida [28]
Go'zallik sirlari / Chiroyli bo'lish / Chiroyli qomat siri [75]
Qo'shiqlar matni / Qo'shiq so'zlari [336]
Yulduzlar biografiyasi / Honandalar hayoti va Ijodi [17]
Ob-havo ma'lumotlari / Bugungi ob-havo yangiliklari [33]
1-Aprel hazil va Kulgi kuni haqida ma'lumotlar va she'rlar / 1-Апрел хазиллари [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar [85]
Kompyuterlar haqida ma'lumotlar / Kompyuter darslari [9]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [44]
Web sayt yaratish sirlari / sayt tuzishni o'rganish va Dasturlash tillari [9]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 314
Мини-чат
Статистика
waplog Statok.net
Онлайн всего: 11
Гостей: 11
Пользователей: 0
Главная » 2018 » Март » 18 » Shavkat Mirziyoyev: "Xalq bayram qiladi, biz ishlaymiz"
19:18
Shavkat Mirziyoyev: "Xalq bayram qiladi, biz ishlaymiz"
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga tashrifi davom etmoqda. Davlat rahbari 17 mart kuni Past Darg‘om tumanida viloyat faollari bilan uchrashib, videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Unda Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolari tanqidiy muhokama qilindi, deb xabar qilmoqdaKun.uz.
«Ishchi guruhlari tomonidan so‘nggi 1 hafta mobaynida umumiy qiymati 1.4 trln so‘m bo‘lgan 110ta qo‘shimcha loyiha ishlab chiqilib, dasturdagi yirik loyihalar soni 431taga ko‘paydi. Ularning umumiy qiymati 5.6 trln so‘mga yetkazildi. Ammo sharoiti og‘ir tumanlarda yirik loyihalar bo‘yicha takliflar juda kam.
Kattaqo‘rg‘onda 7ta, Ishtixonda 10ta, Nurobod 8ta, Qo‘shrabot va Paxtachi tumanlarida 9tadan loyiha taklif etilgan, xolos. Bu yerdagi odamlarni ish bilan ta’minlash kerak emasmi? 1 hafta muddatda qoloq tumanlarda qo‘shimcha yirik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqib, umumlashtirib shaxsan menga taqdim etasizlar. Biz buni nazorat qilamiz», - deya ta’kidladi Prezident.
Davlat rahbari, shuningdek 1 oy muddatda sharoiti nisbatan og‘ir bo‘lgan Nurobod, Past Darg‘om, Ishtixon, Narpay va Qo‘shrabot tumanlarida Vazirlar Mahkamasining 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarini ishlab chiqib, taqdim etish bo‘yicha topshiriq berdi.
«Nima uchun bugun men Past Darg‘omga keldim. Bu tuman eng katta, ko‘p millatli tumanlardan biri. Lekin sharoiti eski tos, eski hammom. Bir ko‘cha ichkariga kirsangiz, odam adashib ketadi. Yo‘l yo‘q, suv yo‘q, svet yo‘q, gaz yo‘q, ko‘mir yo‘q. Maktab dabdala. Shifoxonaga qarab bo‘lmaydi. Shuning uchun yuqoridagi tumanlarda alohida dastur qilamiz. Toshkentdan mutaxassislar kelgan. Bayram xalqimizga, bizga bayram emas. Bizga ish», - dedi davlat rahbari Mirziyoyev.
Категория: Yurtimiz xabarlari / O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 348 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: Shavkat, Xalq, Mirziyoyev:, qiladi, bayram, ishlaymiz, biz | Рейтинг: 5.0/4
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Март 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031

Copyright MyCorp © 2018
uCoz