Четверг, 26.04.2018, 08:58
Приветствую Вас Гость | RSS

Категории раздела
Dunyo yangiliklari / Olam xabarlari [250]
Yurtimiz xabarlari / O'zbekiston yangiliklari [228]
Qiziqarli ma'lumotlar / Faktlar / Turfa olam [218]
Foydali maslahatlar / Kerakli ma'lumotlar [559]
Pazandalik sirlari / Ovqat qilishni o'rganish [50]
Pishiriq qilish / Mazali shirinliklar tayyorlash [33]
Tort tayyorlash / Tort pishirishni o'rganish [7]
Salat tayyorlash / Salatlar qilishni o'rganish [16]
Ichimliklar tayyorlash / Qaynoq va Yaxna ichimliklar [6]
Ayollar bo'limi / Qizlarga maslahatlar [56]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari [142]
Sport yangiliklari / Sport xabarlari [56]
Futbol yangiliklari / Futbol xabarlari [30]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / Badavlat bo'lish [13]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [16]
Psixologik testlar / Qiziqarli o'yinlar / Psixalogiya [22]
Sevgi va Muhabbat (Psixolog maslahatlari) [16]
Avtomobil olami / Mashinalar haqida ma'lumot [8]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami (Kunlik) [29]
21-Asr tehnologiyasi / XXI asr tehnologiyalari [60]
Mobil olam / Mobil telefonlar narxlari [23]
Shou biznes yangiliklari / Sanatkorlar haqida [69]
Savol bering javob beramiz / So'ragan edingiz [29]
Bolalar salomatligi / Farzand tarbiyasi haqida [28]
Go'zallik sirlari / Chiroyli bo'lish / Chiroyli qomat siri [75]
Qo'shiqlar matni / Qo'shiq so'zlari [333]
Yulduzlar biografiyasi / Honandalar hayoti va Ijodi [17]
Ob-havo ma'lumotlari / Bugungi ob-havo yangiliklari [31]
1-Aprel hazil va Kulgi kuni haqida ma'lumotlar va she'rlar / 1-Апрел хазиллари [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar [76]
Kompyuterlar haqida ma'lumotlar / Kompyuter darslari [9]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [44]
Web sayt yaratish sirlari / sayt tuzishni o'rganish va Dasturlash tillari [9]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 299
Мини-чат
Статистика
waplog Statok.net
Онлайн всего: 23
Гостей: 23
Пользователей: 0
Главная » 2018 » Март » 18 » Shavkat Mirziyoyev: "Avvallari mumkin emas edi. Xudo u kunlarni boshqa qaytarmasin"
19:17
Shavkat Mirziyoyev: "Avvallari mumkin emas edi. Xudo u kunlarni boshqa qaytarmasin"
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev paxta tolasini respublikaning o‘zida qayta ishlash o‘rniga xorijga sotish kaltabinlik ekanini ta’kidladi. U Past Darg‘om tumanida Samarqand viloyati faollari bilan o‘tkazgan videoselektorida shu haqda so‘z yuritdi, deb xabar qilmoqdaKun.uz.
“Paxta sotish bu qip-qizil kaltabinlik. Butun dunyo bizning paxtamizni olib, qancha foyda ko‘radi. Mana Bangladesh O‘zbekistondan 70 foiz paxtani sotib oladi. Hindistondan 30 foizini sotib oladi. O‘zbekiston bilan Hindiston paxtasini aralashtirib 30 mlrd dollarlik mahsulot eksport qiladi. Ular paxta yetishtirish azobini ko‘rmagan. Biz esa, 2 mlrd dollarlik eksport qila olmaymiz.
Mayli, oldingi vaqtlar mumkin emas edi. Xudo u kunlarni boshqa qaytarmasin. Hozir hamma narsani ochib berdik. Aytayapmiz, rivojlaninglar, deb. Paxtani qo‘shimcha qiymat bilan sotish kerak. Nima degani qo‘shimcha qiymat bilan? Ikki karra ishlab, kalava yo mato emas, tayyor buyum qilib sotaylik.
Mana bugun men topshiriq berdim, kerak bo‘lsa, 500-1000-2000 kishilik yig‘ma sexlar qilib, 3-, 4- bosqichdagi tayyor mahsulot sotib, Samarqand o‘zlaring qayta ishlab chiqarib, odamlarni boy qilinglar. Shu sababli, bundan keyin Samarqandning har bir tumanida paxta klasterlari tashkil etiladi. Hozir bitta bor. Bu kam. Klaster degani, paxtaning egasi bor degani. O‘zi ekadi, o‘zi teradi, qayta ishlaydi. Tayyor mahsulot qilib sotadi. Chigiti, tolasi hammasi o‘ziniki bo‘ladi. Odamlar endi 2 yil, 3 yil kutmaydi. Shuning uchun bir yilga topshiriq beryapman. Bu yilning o‘zida qilish kerak. 5 yil, 10 yil, Xudo podsho ungacha”, dedi davlat rahbari.
Категория: Yurtimiz xabarlari / O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 139 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: kunlarni, edi., XUDO, Mirziyoyev:, Avvallari, emas, qaytarmasin, Shavkat, mumkin, boshqa | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Март 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031

Copyright MyCorp © 2018
uCoz