Вторник, 16.10.2018, 13:45
Приветствую Вас Гость | RSS

Категории раздела
Dunyo yangiliklari / Olam xabarlari [261]
Yurtimiz xabarlari / O'zbekiston yangiliklari [234]
Qiziqarli ma'lumotlar / Faktlar / Turfa olam [220]
Foydali maslahatlar / Kerakli ma'lumotlar [566]
Pazandalik sirlari / Ovqat qilishni o'rganish [50]
Pishiriq qilish / Mazali shirinliklar tayyorlash [33]
Tort tayyorlash / Tort pishirishni o'rganish [7]
Salat tayyorlash / Salatlar qilishni o'rganish [16]
Ichimliklar tayyorlash / Qaynoq va Yaxna ichimliklar [6]
Ayollar bo'limi / Qizlarga maslahatlar [56]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari [142]
Sport yangiliklari / Sport xabarlari [58]
Futbol yangiliklari / Futbol xabarlari [33]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / Badavlat bo'lish [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [16]
Psixologik testlar / Qiziqarli o'yinlar / Psixalogiya [22]
Sevgi va Muhabbat (Psixolog maslahatlari) [16]
Avtomobil olami / Mashinalar haqida ma'lumot [8]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami (Kunlik) [30]
21-Asr tehnologiyasi / XXI asr tehnologiyalari [60]
Mobil olam / Mobil telefonlar narxlari [23]
Shou biznes yangiliklari / Sanatkorlar haqida [75]
Savol bering javob beramiz / So'ragan edingiz [29]
Bolalar salomatligi / Farzand tarbiyasi haqida [28]
Go'zallik sirlari / Chiroyli bo'lish / Chiroyli qomat siri [75]
Qo'shiqlar matni / Qo'shiq so'zlari [336]
Yulduzlar biografiyasi / Honandalar hayoti va Ijodi [17]
Ob-havo ma'lumotlari / Bugungi ob-havo yangiliklari [33]
1-Aprel hazil va Kulgi kuni haqida ma'lumotlar va she'rlar / 1-Апрел хазиллари [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar [85]
Kompyuterlar haqida ma'lumotlar / Kompyuter darslari [9]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [44]
Web sayt yaratish sirlari / sayt tuzishni o'rganish va Dasturlash tillari [9]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 310
Мини-чат
Статистика
waplog Statok.net
Онлайн всего: 13
Гостей: 13
Пользователей: 0
Главная » 2018 » Август » 9 » Shahzoda Matchonova nega turmush o‘rtog‘ini ommaga tanishtirishni istamasligini aytdi
13:44
Shahzoda Matchonova nega turmush o‘rtog‘ini ommaga tanishtirishni istamasligini aytdi
Nazokatli aktrisa Shahzoda Matchonova ijodiy yangiliklari, shaxsiy baxt formulasi va turmush qurgandan keyingi hayoti haqida.

- Shahzoda, ayni damda nimalar bilan bandsiz? Ijodiy yangiliklar bormi?

- Tomoshabin meni yaqin kunlarda ZO’R TV telekanali orqali namoyish etiladigan Kino Time ko‘rsatuvi boshlovchisi sifatida ko‘rishi mumkin. Ammo, hozircha hech qanday filmlarda rol ijro etayotganim yo‘q. So‘nggi suratga tushgan filmlarimning barchasi keng omma hukmiga taqdim etilgan.

- So‘nggi suratga tushgan filmlaringiz bu, «Ustyurtga yo‘l», «Ma’suma», «Virus», «Isnod», «Oh, Salima, Salima!». Bu filmlarda qahramonlaringiz turli xarakterga ega. Qaysi birining syujeti sizga ko‘proq yoqadi. Bu filmlarda rol ijro etishingizning sababi nimada? Ssenariy ma’qul kelganmi?

- To‘g‘ri bu mening oxirgi ishlarim. Har bir filmda turli obrazlarni yaratdim va bundan hursandman. Albatta ssenariy va menga berilgan rol yoqqanligi bois bu filmlarda suratga tushganman. Rollarim men uchun muhim chunki, har birini qalbimni berib ijro etganman. «Ma’suma», «Isnod», filmlari mening filmografiyamda o‘ziga xos o‘ringa ega deya olaman.

- Ko‘pchilik aktyorlar va aktrisalar bizning kinoda yaxshi ssenariylar kamligini ta’kidlashadi. Siz ham shunday fikrdamisiz?

- Haqiqatda hozirgi kunda yaxshi ssenariylar kam, qiziqtira oladiganlari bo‘lmaganligi uchun ayni kunlarda men kinoda yo‘qman. Rejissyorlar va aktyorlarda hozir ijodiy krizis desa ham bo‘ladi. Vaqti kelib o‘zbek filmida katta o‘zgarishlar bo‘lishiga, avvalgidek yaxshi kartinalar yaratilishiga ishonaman.

- Sizga qanday syujetli filmlar yaqinroq, ma’qulroq?

- Agar aktrisa sifatida, o‘zim rol ijro etish borasida bo‘lsa, dramatik syujetli filmlar yaqin. Ammo filmografiyamda komedik rollar ham ko‘proq bo‘lishini istayman.

- Hamkasblaringiz orasida filmlarda ham, teatrda ham rol ijro etadiganlari bor. Nega tomoshabin Shahzoda Matchonovani teatrda ko‘rmaydi? Takliflar yo‘qmi yoki o‘zingizni teatrda sinab ko‘rishni istamaysizmi?

- Takliflar bo‘lgan. «Diydor» teatr-studiyasida «Dyadya Vanya» spektakli repetitsiyalarida qatnashganman. Ammo o‘sha vaqtda turmushga chiqqanligim va oilamga ko‘proq vaqt ajratishim kerakligi bois repetitsiyalarga bora olmay qolganman. Bilasizmi, aktyor teatrga o‘zini butkul bag‘ishlashi, har kuni repetitsiyalarda qatnashishi lozim. Menda o‘sha vaqtda aynan shunday imkoniyat yo‘q edi. Ammo menga «Diydor»da Bahodir Yo‘ldoshev bilan ishlash nasib etganligi, hamkasblarimning teatrdagi ishlarini kuzatish imkoni berilganidan shodman.

- Hozirgi kunda ko‘pchilik o‘zbek aktrisalari qo‘shiq kuylayotganini, to‘y tantanalarida boshlovchilik qilayotganini va o‘z ishini ochayotganini ko‘zatish mumkin. Sizni esa faqat kinoda ko‘ramiz. Bu sizning qat’iy tanlovingizmi?

- Bu qat’iy tanlov emas. To‘g‘risi men juda ham uyalchangman. To‘y tantanalarida ko‘pchilik insonlar oldida sahnada turib boshlovchilik qila olmayman. Qo‘shiq kuylash esa men uchun emas.

- Agar aktrisalik kasbini tanlamaganingizda, qaysi kasbda o‘zingizni sinay olardingiz?

- Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlaganim uchun doim Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi madaniyat bo‘limida ishlashni orzu qilardim. Agar taqdir taqozosi bilan aktrisa bo‘lmaganimda balki shu yo‘nalishda faoliyat yuritgan bo‘lardim. Chunki aktrisalik faoliyatim boshlanishiga qadar aynan shu yo‘nalishda ishlashni orzu qilardim.

- Sizning fikringizcha qaysi rolingiz orqali tomoshabin orasida tanilgansiz?

- «Qalbim o‘g‘risi» filmidan keyin tomoshabin e’tiboriga tushganman deb o‘ylayman.

- Aktrisalik kasbi uchun nimalardan voz kechdingiz?

- Aktrisalik kasbi uchun hayotimda hech narsadan voz kechmadim. Bilasizmi, mening hayotda hamma ishni muhabbat bilan kilish kerak degan prinsipim bor. Masalan, muhabbat bilan turmush qurish, kasb tanlash, institutga o‘qishga kirish kerak. Ya’ni, sevgan, yoqtirgan ishni qilish lozim. Hayotimda nima qilgan bo‘lsam, qaysi yo‘lni tanlagan bo‘lsam, barchasini muhabbat ila qilganman.
Категория: Shou biznes yangiliklari / Sanatkorlar haqida | Просмотров: 328 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: SHAHZODA, istamasligini, tanishtirishni, Nega, turmush, Matchonova, aytdi, ommaga, o‘rtog‘ini | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Август 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031

Copyright MyCorp © 2018
uCoz