Пятница, 14.12.2018, 13:33
Приветствую Вас Гость | RSS

Категории раздела
Dunyo yangiliklari / Olam xabarlari [265]
Yurtimiz xabarlari / O'zbekiston yangiliklari [239]
Qiziqarli ma'lumotlar / Faktlar / Turfa olam [220]
Foydali maslahatlar / Kerakli ma'lumotlar [566]
Pazandalik sirlari / Ovqat qilishni o'rganish [50]
Pishiriq qilish / Mazali shirinliklar tayyorlash [33]
Tort tayyorlash / Tort pishirishni o'rganish [7]
Salat tayyorlash / Salatlar qilishni o'rganish [16]
Ichimliklar tayyorlash / Qaynoq va Yaxna ichimliklar [6]
Ayollar bo'limi / Qizlarga maslahatlar [56]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari [142]
Sport yangiliklari / Sport xabarlari [61]
Futbol yangiliklari / Futbol xabarlari [33]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / Badavlat bo'lish [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [16]
Psixologik testlar / Qiziqarli o'yinlar / Psixalogiya [22]
Sevgi va Muhabbat (Psixolog maslahatlari) [16]
Avtomobil olami / Mashinalar haqida ma'lumot [10]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami (Kunlik) [30]
21-Asr tehnologiyasi / XXI asr tehnologiyalari [62]
Mobil olam / Mobil telefonlar narxlari [23]
Shou biznes yangiliklari / Sanatkorlar haqida [77]
Savol bering javob beramiz / So'ragan edingiz [29]
Bolalar salomatligi / Farzand tarbiyasi haqida [28]
Go'zallik sirlari / Chiroyli bo'lish / Chiroyli qomat siri [75]
Qo'shiqlar matni / Qo'shiq so'zlari [336]
Yulduzlar biografiyasi / Honandalar hayoti va Ijodi [17]
Ob-havo ma'lumotlari / Bugungi ob-havo yangiliklari [33]
1-Aprel hazil va Kulgi kuni haqida ma'lumotlar va she'rlar / 1-Апрел хазиллари [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar [85]
Kompyuterlar haqida ma'lumotlar / Kompyuter darslari [9]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [44]
Web sayt yaratish sirlari / sayt tuzishni o'rganish va Dasturlash tillari [9]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 314
Мини-чат
Статистика
waplog Statok.net
Онлайн всего: 13
Гостей: 13
Пользователей: 0
Главная » 2018 » Апрель » 8 » Qondagi xolesterin miqdorini qanday qilib dori-darmonlarsiz kamaytirish mumkin?
13:44
Qondagi xolesterin miqdorini qanday qilib dori-darmonlarsiz kamaytirish mumkin?
Qondagi xolesterinning oshib ketish muammosi bugungi kunda ko‘pchilikni tashvishga solmoqda. Chunki yurak-tomir kasalliklari va uning oqibatida yuz beradigan insulьt va infarkt holatlari bu modda bilan uzviy bog‘langan. Maqolamizdan qondagi xolesterin miqdorini qanday qilib dori-darmonlarsiz kamaytirish yo‘llarini bilib olasiz.

To‘g‘ri ovqatlanish

Qondagi bu modda miqdorini kamaytirish uchun yog‘li va kaloriyasi yuqori bo‘lgan ovqatlardan voz kechish zarur bo‘ladi.

Lekin shunisi ham borki, hammasi emas, balki to‘yingan yog‘lar zarar keltiradi. Ularga go‘sht mahsulotlari, sut, pishloq, qaymoq, shuningdek sariyog‘lar kiradi. Yaxshisi ularni o‘simliklar, baliq va dengiz mahsulotlaridan olinadigan yarim to‘yingan yog‘lar bilan almashtirish kerak.

Tarkibida kletchatkalar ko‘p bo‘lgan donli va dukkakli oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish juda foydali. Mahsulotlarni yaxshisi qaynatish yoki dimlash yo‘li bilan tayyorlagan ma’qul.

Ratsionga yong‘oq qo‘shish ham mumkin. Shuni unutmaslik kerakki, xolesterin darajasi pektinlar va S vitamini ta’sirida pasayadi, shuning uchun sitrusli mevalardan voz kechmaslik kerak.

Sport bilan shug‘ullanish

Muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanish qonning yaxshi aylanishi, yurak mushaklarini mustahkamlash va tomirlarning elastikligini saqlab qolish uchun zarur. Bu usul umrning oxirigacha qondagi xolesterin miqdorining oshib ketishidan saqlashga yordam beradi.

Zanjabil

Qondagi xolesterin miqdorini dori-darmonlarsiz pasaytirishga yordam beruvchi xalqona usullar ham bor. Buning uchun birinchi navbatda zanjabilga e’tibringizni qarating. Uni ovqatga qo‘shish ham, choy damlash ham mumkin.

2 osh qoshiq ezilgan zanjabil ildizini qaynoq suvga solib bir soat davomida damlab qo‘ying. Bu choyni limon va 1 choy qoshiq asal aralashtirib ichish mumkin.

Lipa gullari

Lipa gullari ham xolesterinni kamaytirishga yordam beradi. Uning kukunini har kuni bir choy qoshiqdan sovuq suv bilan birga ichish kerak. Bunday vosita yordamida davolanish kursi olti oygacha davom etishi mumkin.

Limon va sarimsoq

Bu vositani tayyorlash uchun 4 dona limon va 400 g sarimsoqni go‘shtqiymalagichdan o‘tkazish kerak bo‘ladi. Ularni aralashtiring va sovitgichga qo‘yib qo‘ying. 3 kundan keyin esa bu aralashmani har kuni bir choy qoshiqdan 4 oy davomida qabul qilishingiz mumkin.
Категория: Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari | Просмотров: 223 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: qilib, xolesterin, kamaytirish, mumkin?, qanday, dori-darmonlarsiz, Qondagi, miqdorini | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Апрель 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30

Copyright MyCorp © 2018
uCoz