Пятница, 22.10.2021, 07:42
Приветствую Вас Гость | RSS

Категории раздела
Dunyo yangiliklari / Olam xabarlari [267]
Yurtimiz xabarlari / O'zbekiston yangiliklari [240]
Qiziqarli ma'lumotlar / Faktlar / Turfa olam [221]
Foydali maslahatlar / Kerakli ma'lumotlar [566]
Pazandalik sirlari / Ovqat qilishni o'rganish [50]
Pishiriq qilish / Mazali shirinliklar tayyorlash [33]
Tort tayyorlash / Tort pishirishni o'rganish [7]
Salat tayyorlash / Salatlar qilishni o'rganish [16]
Ichimliklar tayyorlash / Qaynoq va Yaxna ichimliklar [6]
Ayollar bo'limi / Qizlarga maslahatlar [56]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari [144]
Sport yangiliklari / Sport xabarlari [62]
Futbol yangiliklari / Futbol xabarlari [33]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / Badavlat bo'lish [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [17]
Psixologik testlar / Qiziqarli o'yinlar / Psixalogiya [22]
Sevgi va Muhabbat (Psixolog maslahatlari) [17]
Avtomobil olami / Mashinalar haqida ma'lumot [10]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami (Kunlik) [31]
21-Asr tehnologiyasi / XXI asr tehnologiyalari [62]
Mobil olam / Mobil telefonlar narxlari [23]
Shou biznes yangiliklari / Sanatkorlar haqida [77]
Savol bering javob beramiz / So'ragan edingiz [29]
Bolalar salomatligi / Farzand tarbiyasi haqida [28]
Go'zallik sirlari / Chiroyli bo'lish / Chiroyli qomat siri [75]
Qo'shiqlar matni / Qo'shiq so'zlari [340]
Yulduzlar biografiyasi / Honandalar hayoti va Ijodi [17]
Ob-havo ma'lumotlari / Bugungi ob-havo yangiliklari [33]
1-Aprel hazil va Kulgi kuni haqida ma'lumotlar va she'rlar / 1-Апрел хазиллари [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar [85]
Kompyuterlar haqida ma'lumotlar / Kompyuter darslari [9]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [44]
Web sayt yaratish sirlari / sayt tuzishni o'rganish va Dasturlash tillari [9]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 362
Мини-чат
Статистика
waplog Statok.net
Главная » 2017 » Август » 4 » ​Qishga hozirlik ko`ramiz! Baqlajonli 5 ta resept
15:16
​Qishga hozirlik ko`ramiz! Baqlajonli 5 ta resept
1.Pomidorsharbatidan...
Baqlajonni (2 kg) o`zagidan ajratib, dumaloq halqa shaklida to`g`rang va ustidan tuz sepib, 15 daqiqaga qoldiring. So`ng o`simlik yog`i solingan tovada qizartiring. Alohida tovaga o`simlik yog`i (200 gr)dan solib, mayda to`g`ralgan 2 ta piyoz, qirg`ichdan chiqarilgan 2 ta sabzi va maydalangan qalampir (3 ta)ni qovuring. So`ng ustidan pomidor sharbati quyib, tuz namagini rostlang-da, 10 daqiqa qaynating. Sterillangan bankalarga bitta dafna bargi va to`g`ralgan ko`katdan solib, ustidan baqlajon va halqa shaklida to`g`ralgan pomidorni (2 kg) tering. Ketidan sabzavotli qayladan quyib, bankani to`ldiring. Qopqog`ini yopib, 15 daqiqa bug`li vannada qaynating.
2. Sabzi qo`shilgani...
Chayilgan baqlajon (2 kg)ni uzunasiga paraklab kesing va o`simlik yog`i solingan tovada qizartiring.1 kgsabzini uzun somoncha shaklida to`g`rab, 200 gr maydalangan sarimsoq piyoz, 4 osh qoshiqdan o`simlik yog`i va sirka bilan aralashtiring. Sterillangan bankalarga 5-6 bo`lak baqlajonni solib, ustidan sabzili aralashmani to`ldiring. Qopqog`ini yopib, 15 daqiqa bug`da ushlang-da, so`ng berkiting.
3. Mayonezli salat
1 kgbaqlajonni o`rtacha kattalikdagi to`rtburchak shaklida to`g`rab, o`simlik yog`i solingan qozonda 15 daqiqa qovuring. 2 bosh piyozni mayda to`g`rab, alohida tovada qizartiring. Ikkala qovurmani bir-biri bilan aralashtirib, bir tutam ezg`ilangan sarimsoq piyoz va bir bog` to`g`ralgan shivit qo`shing. Tuz va murch solib, 6-7 osh qoshiq mayonez aralashtiring. Salatni sterillangan mayonez bankasiga joylab, muzlatgichda saqlash mumkin.
4. Pashtet
Mayda to`g`ralgan 2 ta piyozni 50 gr o`simlik yog`ida qovuring. Baqlajonni o`zagidan ajratib, 15-20 daqiqa tuzli suvda qaynating. So`ng tozalangan qizil bulg`or qalampiri (1,5 kg), pomidor (2 kg) bilan birga go`sht qiymalagichdan o`tkazing. Barcha masalliqlarni qozonga solib, tuz namagini rostlang-da, quyulgunicha qaynating. Tayyor bo`lgach, ozroq sovutib, blenderdan o`tkazing va sterillangan mayonez bankalariga joylang.
5. Oq loviyadan...
Oq loviyani bir kun avval sovuq suvda ivitib qo`ying. Ertasiga suvidan ajratib, pishgunicha qaynating. 2 cho`mich o`simlik yog`i solingan qozonga go`sht maydalagichdan o`tkazilgan pomidor (1,5 kg) va 200 gr sarimsoq piyoz soling. Qaynab chiqqach, 1 osh qoshiq shakar, 2 osh qoshiq tuz va 100 ml sirka qo`shing. So`ng qaynayotgan masalliqqa qirg`ichdan chiqarilgan sabzi (0,5 kg), to`rtburchak shaklda to`g`ralgan baqlajon (2 kg) va qizil bulg`or qalampiri (0,5 kg) ni qo`shib, aralashtiring. 30 daqiqa o`rta olovda qaynagach, pishgan loviya bilan birga yana 20 daqiqa qaynating. So`ng sterillangan bankaga solib, qopqog`ini mustahkamlashingiz mumkin.

Категория: Pazandalik sirlari / Ovqat qilishni o'rganish | Просмотров: 1011 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: ​Qishga, resept, Baqlajonli, hozirlik, ta, koramiz! | Рейтинг: 5.0/4
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск
Календарь

Copyright MyCorp © 2021
uCoz