Понедельник, 17.12.2018, 01:38
Приветствую Вас Гость | RSS

Категории раздела
Dunyo yangiliklari / Olam xabarlari [265]
Yurtimiz xabarlari / O'zbekiston yangiliklari [239]
Qiziqarli ma'lumotlar / Faktlar / Turfa olam [220]
Foydali maslahatlar / Kerakli ma'lumotlar [566]
Pazandalik sirlari / Ovqat qilishni o'rganish [50]
Pishiriq qilish / Mazali shirinliklar tayyorlash [33]
Tort tayyorlash / Tort pishirishni o'rganish [7]
Salat tayyorlash / Salatlar qilishni o'rganish [16]
Ichimliklar tayyorlash / Qaynoq va Yaxna ichimliklar [6]
Ayollar bo'limi / Qizlarga maslahatlar [56]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari [142]
Sport yangiliklari / Sport xabarlari [61]
Futbol yangiliklari / Futbol xabarlari [33]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / Badavlat bo'lish [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [16]
Psixologik testlar / Qiziqarli o'yinlar / Psixalogiya [22]
Sevgi va Muhabbat (Psixolog maslahatlari) [16]
Avtomobil olami / Mashinalar haqida ma'lumot [10]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami (Kunlik) [30]
21-Asr tehnologiyasi / XXI asr tehnologiyalari [62]
Mobil olam / Mobil telefonlar narxlari [23]
Shou biznes yangiliklari / Sanatkorlar haqida [77]
Savol bering javob beramiz / So'ragan edingiz [29]
Bolalar salomatligi / Farzand tarbiyasi haqida [28]
Go'zallik sirlari / Chiroyli bo'lish / Chiroyli qomat siri [75]
Qo'shiqlar matni / Qo'shiq so'zlari [336]
Yulduzlar biografiyasi / Honandalar hayoti va Ijodi [17]
Ob-havo ma'lumotlari / Bugungi ob-havo yangiliklari [33]
1-Aprel hazil va Kulgi kuni haqida ma'lumotlar va she'rlar / 1-Апрел хазиллари [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar [85]
Kompyuterlar haqida ma'lumotlar / Kompyuter darslari [9]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [44]
Web sayt yaratish sirlari / sayt tuzishni o'rganish va Dasturlash tillari [9]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 315
Мини-чат
Статистика
waplog Statok.net
Онлайн всего: 8
Гостей: 8
Пользователей: 0
Главная » 2018 » Апрель » 2 » Qaynonasini o‘ldirgan kelinning kirdikorini Apple Watch fosh etdi
22:26
Qaynonasini o‘ldirgan kelinning kirdikorini Apple Watch fosh etdi
Avstraliyada sodir etilgan jinoyatni aniqlashda huquq-tartibot idoralariga Apple Watch ko‘rsatkichlari yordam berdi, deb yozadi Darakchi nashri.

Nashrning yozishicha, Mirna Nilsson ismli ayol o‘z uyida o‘ldirib ketilgan edi. Uning kelini Kerolayn Nilsson politsiyaga bergan ko‘rsatmasiga ko‘ra, ayolga “yo‘lda sodir bo‘lgan to‘polondan so‘ng ko‘chadan bostirib kirgan odamlar guruhi hujum qilgan”.

Xabarga ko‘ra, Mirnaning qo‘liga bu paytda Apple Watch taqilgan bo‘lgan, smart-soatning ma’lumotlari esa keyinchalik jinoyat ishini o‘rganishda asosiy dalil bo‘lib xizmat qilgan. Prokurorning sudga aytishicha, kelinning ko‘rsatmasi “aniq to‘qima, hujum voqeasi esa uydirma” bo‘lib chiqyapti. Sud eksperti smart-soatning ma’lumotlarini tahlil qilib chiqqanidan so‘ng ma’lum qilishicha, kelin aytgan voqea – to‘polonchilar hujum qilgan vaqt marhumaning o‘ldirilish vaqtiga mos kelmayapti.

Shuningdek, Kerolaynning aytishicha, qaynonasi o‘sha bosqinchilar bilan 20 daqiqacha janjallashgan. Huquq-tartibot idoralarining Apple Watch ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib aniqlashlaricha esa, Mirna Nilssonning o‘ldirilishi bir lahzadayoq yuz bergan – ungacha ayolning tomir urishi, ruhiy holati va sog‘ligi me’yorida bo‘lgan.

Endi esa Apple Watch yordamida aniqlangan ma’lumotlar asosida Kerolayn Nilsson o‘z qaynonasini o‘ldirganlikda ayblanmoqda.
Категория: Dunyo yangiliklari / Olam xabarlari | Просмотров: 232 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: etdi, Qaynonasini, Watch, apple, kirdikorini, o‘ldirgan, fosh, kelinning | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Апрель 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30

Copyright MyCorp © 2018
uCoz