Среда, 12.12.2018, 06:37
Приветствую Вас Гость | RSS

Категории раздела
Dunyo yangiliklari / Olam xabarlari [265]
Yurtimiz xabarlari / O'zbekiston yangiliklari [239]
Qiziqarli ma'lumotlar / Faktlar / Turfa olam [220]
Foydali maslahatlar / Kerakli ma'lumotlar [566]
Pazandalik sirlari / Ovqat qilishni o'rganish [50]
Pishiriq qilish / Mazali shirinliklar tayyorlash [33]
Tort tayyorlash / Tort pishirishni o'rganish [7]
Salat tayyorlash / Salatlar qilishni o'rganish [16]
Ichimliklar tayyorlash / Qaynoq va Yaxna ichimliklar [6]
Ayollar bo'limi / Qizlarga maslahatlar [56]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari [142]
Sport yangiliklari / Sport xabarlari [61]
Futbol yangiliklari / Futbol xabarlari [33]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / Badavlat bo'lish [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [16]
Psixologik testlar / Qiziqarli o'yinlar / Psixalogiya [22]
Sevgi va Muhabbat (Psixolog maslahatlari) [16]
Avtomobil olami / Mashinalar haqida ma'lumot [10]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami (Kunlik) [30]
21-Asr tehnologiyasi / XXI asr tehnologiyalari [62]
Mobil olam / Mobil telefonlar narxlari [23]
Shou biznes yangiliklari / Sanatkorlar haqida [77]
Savol bering javob beramiz / So'ragan edingiz [29]
Bolalar salomatligi / Farzand tarbiyasi haqida [28]
Go'zallik sirlari / Chiroyli bo'lish / Chiroyli qomat siri [75]
Qo'shiqlar matni / Qo'shiq so'zlari [336]
Yulduzlar biografiyasi / Honandalar hayoti va Ijodi [17]
Ob-havo ma'lumotlari / Bugungi ob-havo yangiliklari [33]
1-Aprel hazil va Kulgi kuni haqida ma'lumotlar va she'rlar / 1-Апрел хазиллари [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar [85]
Kompyuterlar haqida ma'lumotlar / Kompyuter darslari [9]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [44]
Web sayt yaratish sirlari / sayt tuzishni o'rganish va Dasturlash tillari [9]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 314
Мини-чат
Статистика
waplog Statok.net
Онлайн всего: 10
Гостей: 10
Пользователей: 0
Главная » 2018 » Апрель » 17 » Qashshoqlikka olib keluvchi 6 odat
20:15
Qashshoqlikka olib keluvchi 6 odat
Yaqinda Pensilvaniya Universiteti professori, kognitiv neyrofiziologiya bo‘yicha mutaxassis Marta Farax ko‘p yillik tadqiqotlar xulosalarini keng jamoatchilikka taqdim qildi. Faraxning fikricha, qashshoqlikda o‘sgan bolaning ongi kelajakda uning boy bo‘lishiga imkon bermaydi.

Ya’ni bolaning aqliy qobiliyatlari nafaqat genetikaga, balki u o‘sib katta bo‘lgan shart-sharoitlarga ham bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari olimlar bolalikdan qashshoqlikka dasturlashtirilgan odamlarga xos bir necha belgilarni aniqladi. Ularni o‘rganib chiqamiz.

O‘ziga nisbatan achinish hissi
Qashshoqlikka mahkum odamlarning eng birinchi va eng oshkora xislati har doim o‘ziga achinish odati hisoblanadi.

Bunday odamlar e’tiborini doimo mutlaqo ahamiyatsiz, muhim bo‘lmagan, ularsiz ham bemalol yashash, boy bo‘lish va baxtli bo‘lish mumkin bo‘lgan asoslarga qaratadi. Eng achinarlisi shundaki, bu o‘kinish bilan ular o‘zining bo‘yniga baxtli va faravon hayot kechirishga xalal beruvchi, ularni pastga tortuvchi yuk ortib oladi.

Qurumsoqlik
Ko‘pchilik har bir tiyinni tejaydigan, qurumsoq odamlar boy bo‘ladi deb hisoblaydi. Aslida hayotiy tajribalar shaxsiy firmasi xodimlariga nisbatan xasislik qilish, moliyaviy foyda uchun biznes hamkorlarini aldash istagi – bu hech qachon boy bo‘lmaydigan odamga qo‘yilgan «tamg‘a» ekanligini ko‘rsatadi.

3. Yomon ko‘rgan ishi bilan shug‘ullanish

Hech qachon boy bo‘lmaydigan odamlar oilasini boqish, o‘qish xarajatlarini yoki o‘tgan yilgi kreditni to‘lash uchun yillar davomida har kuni o‘zi yoqtirmaydigan ishga borib keladi.

Bunday ilojsizlikdan qutulishning birdan-bir yo‘li bu ishni tashlashga dadil qaror qilish va o‘ziga yoqadigan ish bilan shug‘ullanishni boshlashdir. Faqat shundagina siz o‘zingizdagi kuch-qudratni yuzaga chiqara olasiz va muvaffaqiyatga erishasiz.

Muvaffaqiyatni pul bilan o‘lchash
Hamma narsani pul bilan o‘lchash – hech qachon haqiqiy boy bo‘lmaydigan odamlarga xos fazilat hisoblanadi. Bunday odamlar yetarlicha mablag‘i bo‘lsagina o‘zlarini baxtli va erkin his qiladi.

Mablag‘i tugashi bilan ularning hayoti o‘z ma’nosini yo‘qotadi va o‘zi chorasiz odamga aylanadi. Ular o‘z baxtini pul bilan emas, balki boshqa toifalar – munosabatlar, do‘stlik, sevgi va sadoqat bilan o‘lchaydigan odamlar chinakam boy bo‘lishini hech qachon tushunmaydi.

Imkoniyatiga qaramasdan ko‘p pul sarf qilish
Kredit hisobiga yashaydigan odamlar haqida alohida eslatib o‘tish joiz. O‘z daromadini hisobga olmasdan bo‘lar-bo‘lmasga kredit olish boy bo‘la olmaydigan odamlarga xos odat.

Bir lahzalik foydani ko‘zlash
Birdaniga va hammasiga ega bo‘lish istagi – abadiy qashshoq odamlarga xos xususiyat. Bunday odamlar o‘z kuchiga to‘g‘ri baho bera olmaydi, lekin bir lahzada yuqori lavozim, izzat-e’tibor va millionlab pulga ega bo‘lishni xohlaydi. Odatda bunday odamlarning yuqori lavozimlarga erishish uchun qobiliyati yetarli bo‘lmaydi.
Категория: Foydali maslahatlar / Kerakli ma'lumotlar | Просмотров: 505 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: odat, Olib, Qashshoqlikka, keluvchi | Рейтинг: 5.0/6
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Апрель 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30

Copyright MyCorp © 2018
uCoz