Четверг, 26.04.2018, 08:55
Приветствую Вас Гость | RSS

Категории раздела
Dunyo yangiliklari / Olam xabarlari [250]
Yurtimiz xabarlari / O'zbekiston yangiliklari [228]
Qiziqarli ma'lumotlar / Faktlar / Turfa olam [218]
Foydali maslahatlar / Kerakli ma'lumotlar [559]
Pazandalik sirlari / Ovqat qilishni o'rganish [50]
Pishiriq qilish / Mazali shirinliklar tayyorlash [33]
Tort tayyorlash / Tort pishirishni o'rganish [7]
Salat tayyorlash / Salatlar qilishni o'rganish [16]
Ichimliklar tayyorlash / Qaynoq va Yaxna ichimliklar [6]
Ayollar bo'limi / Qizlarga maslahatlar [56]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari [142]
Sport yangiliklari / Sport xabarlari [56]
Futbol yangiliklari / Futbol xabarlari [30]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / Badavlat bo'lish [13]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [16]
Psixologik testlar / Qiziqarli o'yinlar / Psixalogiya [22]
Sevgi va Muhabbat (Psixolog maslahatlari) [16]
Avtomobil olami / Mashinalar haqida ma'lumot [8]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami (Kunlik) [29]
21-Asr tehnologiyasi / XXI asr tehnologiyalari [60]
Mobil olam / Mobil telefonlar narxlari [23]
Shou biznes yangiliklari / Sanatkorlar haqida [69]
Savol bering javob beramiz / So'ragan edingiz [29]
Bolalar salomatligi / Farzand tarbiyasi haqida [28]
Go'zallik sirlari / Chiroyli bo'lish / Chiroyli qomat siri [75]
Qo'shiqlar matni / Qo'shiq so'zlari [333]
Yulduzlar biografiyasi / Honandalar hayoti va Ijodi [17]
Ob-havo ma'lumotlari / Bugungi ob-havo yangiliklari [31]
1-Aprel hazil va Kulgi kuni haqida ma'lumotlar va she'rlar / 1-Апрел хазиллари [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar [76]
Kompyuterlar haqida ma'lumotlar / Kompyuter darslari [9]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [44]
Web sayt yaratish sirlari / sayt tuzishni o'rganish va Dasturlash tillari [9]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 299
Мини-чат
Статистика
waplog Statok.net
Онлайн всего: 23
Гостей: 23
Пользователей: 0
Главная » 2018 » Апрель » 6 » Qarishni tezlashtiruvchi odatlar
20:18
Qarishni tezlashtiruvchi odatlar
O‘zimizni parvarishlash uchun tez-tez tanamizni erta qaritadigan zararli odatlardan voz kechib turishning o‘zi yetarli.
Biz vaqtni sekinlata olmaymiz, ammo hech bo‘lmaganda zararli odatlarimizni tashlasak umrimizga umr qo‘shilib, tengdoshlar davrasida uyalib qolmaymiz.

Xafagarchilik
Har xil sabab va bahonalar bilan asabiylashishni bas qiling! Ha, biz tushunamiz, ishingiz mas’uliyatli, bolalar, turmush o‘rtog‘ingiz, nabiralar degandek. Agar barchasidan uzoqroqda, hech bo‘lmasa yiliga bir marta muntazam ravishda dam olmasangiz, albatta, salomatligiga e’tibor berib, massaj oladigan, sanatoriy va dam olish uylarida hordiq chiqaradigan jamoadoshlaringiz va dugonalaringizga nisbatan erta qariy boshlaysiz.

Agar siz o‘zingizni o‘ylamasangiz, u holda kim siz uchun qayg‘uradi?

Noto‘g‘ri ovqatlanish
Bugungi kunning eng ko‘p gapirilayotgan va eng ko‘p e’tibor qaratilayotgan dolzarb mavzusi noto‘g‘ri ovqatlanish ekanligi hech kimga sir emas. Yigirma besh yoshgacha kuniga bittadan shokolad, gazli ichimlik, qovurilgan kartoshka iste’mol qilishingiz mumkin. Ammo o‘ttiz yoshga yaqinlashganingizda yoki undan oshganingizda bu mumkin emas. Ayniqsa, shakar va spirtli ichimliklar mumkin emas. Unisi ham, bunisi ham terining elastiklik holatini kamaytiradi. Shuning uchun ham bunday narsalardan yiroq bo‘lishga harkat qilib, pechene, konfet va pishiriqlar o‘rniga ko‘proq meva va sabzavotlar yeng.

O‘rindiq va kursi
Agar kunning ko‘p qismini kompyuter qarshisida o‘tkazasizmi yoki qandolat mahsulotlari ishlab chiqaradigan ayollarga nisbatan tezroq harakat qilasizmi? Faqat faollik, faqat mushaklar va paylar zo‘riqishi, faqat kardiomashg‘ulotgina sizga ellik yoshda ham yosh va bardam ko‘rinish imkonini beradi. Har soatda besh daqiqalik cho‘zilish mashqlarini bajaring. Har kuni yurish (yaxshirog‘i, yugurish) va fitnes kabi faol harakatlar uchun sarflagan vaqtingiz 40 daqiqadan kam bo‘lmasin.

Uyquga to‘ymaslik
Doimiy uyqusizlikka hech qanday bahona o‘tmaydi! Har bir qisqartirilgan tun bilan siz nafaqat umringizni, balki gullab-yashnagan yoshlik davringizni ham qisqartirasiz. Tinkasi qurigan, charchagan va terisi yer kabi kulrang tus olgan bir ahvolda ko‘rinishni istaysizmi? Agar bunday bo‘lishini istamasangiz, qoida qat’iy: uyqu vaqti kamida 7 soat.

Chekish
Chekuvchi ayollar terisiga tamakidan tezroq voz kechgan ayollarga nisbatan ko‘p ajin tushishi kafolatlanadi. Ko‘z, og‘iz atrofi va peshonada tamaki chekish oqibatida paydo bo‘lgan mayda ajin ariqchalarini hech bir yo‘l bilan ketkazishning iloji yo‘q. Shuning uchun ham nima qilsangiz qilingu, lekin o‘zingizni zaharlashni to‘xtating!

Tartibsiz kun
Rejalashtirish asabiylashishni kamaytiradi. Stressni kamaytirish esa o‘z navbatida yirik ajinlarni bartaraf etib, yangilari paydo bo‘lishiga xalaqit qiladi. Mana sizga bardavom yoshlik!

Kunlik va haftalik reja tuzishni o‘rganing — bu sizga tuyilganidan ancha jo‘n va oson. Qachonki kun yoki hafta davomida qachon, qayerga borishingiz va nima qilishingiz kerakligini aniq bilsangiz, hammasini eslash uchun asablaringizni zo‘riqtirib, kuch sarflab o‘tirmaysiz. Kun davomida faqat qaysi punktlarni uddalashingizni aniq bilasiz. Albatta, o‘z vaqtida uxlash ham juda muhim!

Uyqudagi noto‘g‘ri holat
Qorin bilan yotib uxlash zararli! Hech bo‘lmaganda yuzlaringiz uchun. Agar, tunlari bir tomonga yonboshlab uxlashga moyil bo‘lsangiz, vaqt o‘tishi bilan teringizning xuddi shu tomonida qat-qat chiziqlar hosil bo‘la boshlaydi. Bunday vaziyatdan sizni faqat atlas yoki ipak yostiqlargina qutqarib qolishi mumkin.

Xonani ortiqcha isitib yuborish
Agar qish faslida uyingiz sovuq bo‘lsa, birorta ham havoni namlantiruvchi uskunasiz uchta isitkich yoqqandan ko‘ra, yaxshisi, qalinroq kiyining. Aksincha ish tuting: har bir xonaga havoni namlantiruvchi uskuna qo‘ying, kechayu kunduz ishlasa ham mayli, isitkichdan esa vaqti-vaqti bilan qisqa muddatga foydalaning. Shunda teringiz ko‘proq namlikni ushlab qoladi va uzoq vaqtgacha yoshligingizni saqlab qolishga erishasiz.

Gavdani noto‘g‘ri
Категория: Foydali maslahatlar / Kerakli ma'lumotlar | Просмотров: 54 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: Qarishni, tezlashtiruvchi, odatlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Апрель 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30

Copyright MyCorp © 2018
uCoz