Понедельник, 17.12.2018, 01:37
Приветствую Вас Гость | RSS

Категории раздела
Dunyo yangiliklari / Olam xabarlari [265]
Yurtimiz xabarlari / O'zbekiston yangiliklari [239]
Qiziqarli ma'lumotlar / Faktlar / Turfa olam [220]
Foydali maslahatlar / Kerakli ma'lumotlar [566]
Pazandalik sirlari / Ovqat qilishni o'rganish [50]
Pishiriq qilish / Mazali shirinliklar tayyorlash [33]
Tort tayyorlash / Tort pishirishni o'rganish [7]
Salat tayyorlash / Salatlar qilishni o'rganish [16]
Ichimliklar tayyorlash / Qaynoq va Yaxna ichimliklar [6]
Ayollar bo'limi / Qizlarga maslahatlar [56]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari [142]
Sport yangiliklari / Sport xabarlari [61]
Futbol yangiliklari / Futbol xabarlari [33]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / Badavlat bo'lish [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [16]
Psixologik testlar / Qiziqarli o'yinlar / Psixalogiya [22]
Sevgi va Muhabbat (Psixolog maslahatlari) [16]
Avtomobil olami / Mashinalar haqida ma'lumot [10]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami (Kunlik) [30]
21-Asr tehnologiyasi / XXI asr tehnologiyalari [62]
Mobil olam / Mobil telefonlar narxlari [23]
Shou biznes yangiliklari / Sanatkorlar haqida [77]
Savol bering javob beramiz / So'ragan edingiz [29]
Bolalar salomatligi / Farzand tarbiyasi haqida [28]
Go'zallik sirlari / Chiroyli bo'lish / Chiroyli qomat siri [75]
Qo'shiqlar matni / Qo'shiq so'zlari [336]
Yulduzlar biografiyasi / Honandalar hayoti va Ijodi [17]
Ob-havo ma'lumotlari / Bugungi ob-havo yangiliklari [33]
1-Aprel hazil va Kulgi kuni haqida ma'lumotlar va she'rlar / 1-Апрел хазиллари [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar [85]
Kompyuterlar haqida ma'lumotlar / Kompyuter darslari [9]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [44]
Web sayt yaratish sirlari / sayt tuzishni o'rganish va Dasturlash tillari [9]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 315
Мини-чат
Статистика
waplog Statok.net
Онлайн всего: 8
Гостей: 8
Пользователей: 0
Главная » 2018 » Апрель » 5 » Pishloqning foyda va zarari haqida
18:57
Pishloqning foyda va zarari haqida
Olimlarning bu xulosalari do‘konga pishloq uchun yugurishga majbur qiladi yoki aksincha, ishtahani buzadi.

Pishloqning foydasi

Kuchli qiladi

100 gramm pishloqda 25 gramm oqsil bo‘ladi, ular esa, mushaklar uchun «qurilish materiali» hisoblanadi, immunitetni oshiradi, o‘sish, rivojlanish va hujayralarning qayta tiklanish jarayonlarida ishtirok etadi. Shuning uchun mushak massasi to‘plashni niyat qilgan kishilar ko‘proq oqsil iste’mol qilishga harakat qilishadi.

Suyaklarni mustahkamlaydi

Organizmdagi kalьsiyning taxminan 99 foizi suyaklar va tishlarda saqlanadi. Qolgan 1 foizi esa – qon va to‘qimalarda. Agar qonda kalьsiy yetishmasa, organizm uni suyaklardan oladi. Bunday «kredit» uzoq davom eta olmaydi: suyaklar mo‘rtlashadi, osteoporozning rivojlanish xavfi oshadi.

Shuning uchun ratsionga kalьsiyga boy mahsulotlar, shu jumladan, pishloqni kiritish muhim. 100 gramm pishloq kalьsiy iste’molining kundalik normasini ta’minlay oladi: unda bu makroelement – taxminan 1000 milligramm. Aniq miqdor navga bog‘liq. Qattiq va yarim qattiq navlarda, masalan, parmezan, chedder va gaudda kalьsiy ko‘proq.

Bundan tashqari, pishloq — D vitaminiga ega kam sonli mahsulotlardan biri. Xususan, u kalьsiyni yaxshiroq o‘zlashtirishga yordam beradi. D vitamini odatda inson organizmida quyosh nurlari ta’siri ostida sintezlanadi. Shu bois qishning bulutli kunlarida uning qo‘shimcha manbalarini topish juda muhim.

Quvvat baxsh etadi

Pishloqda eritrotsitlar shakllanishida qatnashuvchi B12 vitamini mavjud. Bu qizil qon tanachalari to‘qimalar va organlarga kislorod yetkazib beradi. Shunday ekan, agar insonga B12 vitamini yetishmasa, hujayralarda kislorod yetishmovchiligi kuzatiladi, bu esa holsizlanish, parishonxotirlik va nafas olish bilan bog‘liq muammolarga olib keladi. Demak, erkin nafas olish uchun pishloq iste’mol qilish kerak ekan.

Bundan tashqari, pishloq anchagina kaloriyali mahsulot (o‘rtacha 100 gramm pishloqqa 300-400 kkal), bu esa uning anchagacha to‘q tutishi va quvvat baxsh etishi mumkinligidan dalolat beradi.

Yurak va qon tomirlarini himoyalaydi

Ha, pishloqda yog‘ va xolesterin mavjud, bu esa yurakka og‘irlikni oshiradi. Biroq yaqinda ma’lum bo‘lishicha, pishloqning me’yoriy iste’moli (kuniga taxminan 25 gramm), aksincha, yurak-qon tomir kasalliklari rivoji xavfini pasaytiradi.

Metabolizmni yaxshilaydi

Pishloqda ichaklar mikroflorasini yaxshilovchi foydali bakteriyalar bor. Bu esa organizmga turli ozuqaviy moddalarni yaxshiroq o‘zlashtirish va toksinlarni chiqarib tashlash imkonini beradi.

Pishloqning zarari

Qon bosimini oshiradi

Sir emaski, pishloq navlarining aksariyati ancha sho‘r. Tuzning me’yordan ortiq iste’moli esa qon bosimini oshiradi, yurak va qon tomirlariga og‘irlikni oshiradi. Shunday ekan, pishloqqa to‘yishga qaror qilgan bo‘lsangiz, o‘z taomnomangizdagi boshqa sho‘r mahsulotlar sonini kamaytirish kerak.

Qomatingizni buzadi

Pishloqda yog‘lar ko‘pligini unutmaslik kerak, shu jumladan to‘yingan yog‘lar ham. Shuning uchun uni parhez mahsuloti deb bo‘lmaydi va ozishga qaror qilganlar, qoidaga ko‘ra, undan voz kechishadi.

Pishloqni qanday yeyish kerak?

Pishloq zarar emas, foyda keltirishi uchun uni me’yorda iste’mol qilish kerak. Bu asosiy qoida. Kuniga ikki bo‘lak (taxminan 25 gramm) sizni foydali moddalar va bakteriyalar bilan ta’minlaydi, shu bilan birga, yurak va qomatga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

Oqsillarning qattiq navlarida tuz va yog‘ ko‘proq bo‘ladi.

Marhabo Madaminova tayyorladi
Категория: Foydali maslahatlar / Kerakli ma'lumotlar | Просмотров: 171 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: zarari, Pishloqning, Haqida, foyda, VA | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Апрель 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30

Copyright MyCorp © 2018
uCoz