Суббота, 18.08.2018, 07:19
Приветствую Вас Гость | RSS

Категории раздела
Dunyo yangiliklari / Olam xabarlari [258]
Yurtimiz xabarlari / O'zbekiston yangiliklari [233]
Qiziqarli ma'lumotlar / Faktlar / Turfa olam [220]
Foydali maslahatlar / Kerakli ma'lumotlar [566]
Pazandalik sirlari / Ovqat qilishni o'rganish [50]
Pishiriq qilish / Mazali shirinliklar tayyorlash [33]
Tort tayyorlash / Tort pishirishni o'rganish [7]
Salat tayyorlash / Salatlar qilishni o'rganish [16]
Ichimliklar tayyorlash / Qaynoq va Yaxna ichimliklar [6]
Ayollar bo'limi / Qizlarga maslahatlar [56]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari [142]
Sport yangiliklari / Sport xabarlari [58]
Futbol yangiliklari / Futbol xabarlari [33]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / Badavlat bo'lish [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [16]
Psixologik testlar / Qiziqarli o'yinlar / Psixalogiya [22]
Sevgi va Muhabbat (Psixolog maslahatlari) [16]
Avtomobil olami / Mashinalar haqida ma'lumot [8]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami (Kunlik) [30]
21-Asr tehnologiyasi / XXI asr tehnologiyalari [60]
Mobil olam / Mobil telefonlar narxlari [23]
Shou biznes yangiliklari / Sanatkorlar haqida [74]
Savol bering javob beramiz / So'ragan edingiz [29]
Bolalar salomatligi / Farzand tarbiyasi haqida [28]
Go'zallik sirlari / Chiroyli bo'lish / Chiroyli qomat siri [75]
Qo'shiqlar matni / Qo'shiq so'zlari [336]
Yulduzlar biografiyasi / Honandalar hayoti va Ijodi [17]
Ob-havo ma'lumotlari / Bugungi ob-havo yangiliklari [33]
1-Aprel hazil va Kulgi kuni haqida ma'lumotlar va she'rlar / 1-Апрел хазиллари [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar [82]
Kompyuterlar haqida ma'lumotlar / Kompyuter darslari [9]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [44]
Web sayt yaratish sirlari / sayt tuzishni o'rganish va Dasturlash tillari [9]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 308
Мини-чат
Статистика
waplog Statok.net
Онлайн всего: 24
Гостей: 24
Пользователей: 0
Главная » 2018 » Август » 9 » Otasini so‘yib tashlagan uch qiz: «Biz unday ota bilan yashagandan, turmada chirishni afzal bilamiz!»
08:09
Otasini so‘yib tashlagan uch qiz: «Biz unday ota bilan yashagandan, turmada chirishni afzal bilamiz!»
Xabaringiz bor, yaqinda Moskva shahridagi xonadonlardan birida dahshatli darajadagi qotillik yuz berdi. Mixail Xachaturyan ismli erkakni 17, 18, 19 yashar, Angelina, Krestina, Mariya ismli uch qizi o‘zaro kelishgan holda so‘yib tashlashdi. Xachaturyan bir amallab qizlarining qo‘lidan chiqib qochishga muvaffaq bo‘lgan. Ammo pod’ezdga chiqqach, ko‘p qon yo‘qotish tufayli yiqilib tushgan. Shu yerda jon bergan. Ekspertlarning guvohlik berishicha, uch qizi unga juda ko‘plab tig‘ jarohatlarini yetkazgan ekan.

Hozirgi kunda uchchala qotil qiz ham Moskva SIZO siga joylashtirilgan. Ularning birontasi turmadagi sharoitdan shikoyat qilgani yo‘q. Qiynoqlarga solingani haqida hech nima deyotgani ham yo‘q. Qizlarning ikki nafarini alohida kameraga, bir nafarini sherikli kameraga joylashtirishgan. Qotil qizlar onasi Aureliya Dunduk bilan uchrashishga ham ulgurishdi. Ular kitob va gazetalar so‘rashgandi. Turma ma’muriyati so‘ralgan narsalar olib kelib berilishiga qarshilik bildirmadi.

— Meni marhum erim Mixail Xachaturyan bir necha yil oldin haydab yuborgan, — deydi qotil qizlarning onasi. — Qizlarim bilan ko‘rishishga ham ruxsat bermasdi. Sho‘rlik qizlar xuddi turmada o‘tirgandek edilar. Johil ota ularni o‘zi xohlagan ko‘yga solardi. Ayniqsa, narkotik iste’mol qilgandan keyin yovuz bir mahluqqa aylanardi. Qizlarim kaltak yeyaverib, oxiri jonlaridan to‘yishgan-da!..

Qotil qizlar ham onasining gaplarini ma’qullab, shunday deyishdi:

— Biz yovuz va johil ota bilan bir uyda yashab azoblangandan, turmada chirib ketishni afzal bilamiz!
Категория: Dunyo yangiliklari / Olam xabarlari | Просмотров: 59 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: «Biz, Unday, so‘yib, qiz:, yashagandan, Bilan, tashlagan, uch, Otasini, Ota | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Август 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031

Copyright MyCorp © 2018
uCoz