Четверг, 26.04.2018, 08:59
Приветствую Вас Гость | RSS

Категории раздела
Dunyo yangiliklari / Olam xabarlari [250]
Yurtimiz xabarlari / O'zbekiston yangiliklari [228]
Qiziqarli ma'lumotlar / Faktlar / Turfa olam [218]
Foydali maslahatlar / Kerakli ma'lumotlar [559]
Pazandalik sirlari / Ovqat qilishni o'rganish [50]
Pishiriq qilish / Mazali shirinliklar tayyorlash [33]
Tort tayyorlash / Tort pishirishni o'rganish [7]
Salat tayyorlash / Salatlar qilishni o'rganish [16]
Ichimliklar tayyorlash / Qaynoq va Yaxna ichimliklar [6]
Ayollar bo'limi / Qizlarga maslahatlar [56]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari [142]
Sport yangiliklari / Sport xabarlari [56]
Futbol yangiliklari / Futbol xabarlari [30]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / Badavlat bo'lish [13]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [16]
Psixologik testlar / Qiziqarli o'yinlar / Psixalogiya [22]
Sevgi va Muhabbat (Psixolog maslahatlari) [16]
Avtomobil olami / Mashinalar haqida ma'lumot [8]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami (Kunlik) [29]
21-Asr tehnologiyasi / XXI asr tehnologiyalari [60]
Mobil olam / Mobil telefonlar narxlari [23]
Shou biznes yangiliklari / Sanatkorlar haqida [69]
Savol bering javob beramiz / So'ragan edingiz [29]
Bolalar salomatligi / Farzand tarbiyasi haqida [28]
Go'zallik sirlari / Chiroyli bo'lish / Chiroyli qomat siri [75]
Qo'shiqlar matni / Qo'shiq so'zlari [333]
Yulduzlar biografiyasi / Honandalar hayoti va Ijodi [17]
Ob-havo ma'lumotlari / Bugungi ob-havo yangiliklari [31]
1-Aprel hazil va Kulgi kuni haqida ma'lumotlar va she'rlar / 1-Апрел хазиллари [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar [76]
Kompyuterlar haqida ma'lumotlar / Kompyuter darslari [9]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [44]
Web sayt yaratish sirlari / sayt tuzishni o'rganish va Dasturlash tillari [9]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 299
Мини-чат
Статистика
waplog Statok.net
Онлайн всего: 20
Гостей: 20
Пользователей: 0
Главная » 2018 » Апрель » 5 » Oliygohlarga kirish uchun o‘tkaziladigan test sinovlarining vaqti va tartibi ma’lum qilindi
18:59
Oliygohlarga kirish uchun o‘tkaziladigan test sinovlarining vaqti va tartibi ma’lum qilindi
Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Adliya vazirligi Telegram kanalida xabar qilindi.

Xabarda aytilishicha, qaror bilan tasdiqlangan nizomga asosan, o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi arizalar har yili 15 iyundan 15 iyulgacha qabul qilinadi.

Test sinovlari har yili 1 avgustdan 15 avgustga qadar, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi. Bunda 1-smena 8:00 da, ikkinchi smena 15:00 da boshlanadi.

Abituriyent test sinovlari o‘tkaziladigan kuni binoga tegishli hududga soat 7:00 (ikkinchi smena soat 13:00) gacha, binoga soat 7:30 (ikkinchi smena soat 13:30) gacha faqat abituriyent ruxsatnomasi va pasporti bilan shaxsni identifikatsiyalash vositalari hamda videofiksatsiya qurilmalari orqali tartibli ravishda kirishi lozim bo‘ladi.

Test sinovlari Toshkent shahridagi «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasi pavilьonlarida va uning hududida o‘rnatiladigan qo‘shimcha yig‘ma pavilьonlarda, shuningdek, katta sig‘imdagi boshqa binolarda, viloyat markazlarida esa olimpiya zaxiralari kollejlari yoki boshqa tashkilotlarning katta sig‘imdagi binolarida o‘tkaziladi.

Test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) 30 ta test topshirig‘iga 1 soat, 60 ta test topshirig‘iga 2 soat, 90 ta test topshirig‘iga 3 soat vaqt beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, Davlat test markazining markaziy apparati tuzilmasida Test sinovlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi, Test sinovlarining kompьyuter tahlili va axborotlashtirish boshqarmasi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi bo‘limlari tashkil etilayotganligi xabar qilingandi.
Категория: Yurtimiz xabarlari / O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 79 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: ma’lum, TEST, kirish, Oliygohlarga, VA, tartibi, vaqti, o‘tkaziladigan, Uchun, sinovlarining | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Апрель 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30

Copyright MyCorp © 2018
uCoz