Суббота, 18.08.2018, 07:20
Приветствую Вас Гость | RSS

Категории раздела
Dunyo yangiliklari / Olam xabarlari [258]
Yurtimiz xabarlari / O'zbekiston yangiliklari [233]
Qiziqarli ma'lumotlar / Faktlar / Turfa olam [220]
Foydali maslahatlar / Kerakli ma'lumotlar [566]
Pazandalik sirlari / Ovqat qilishni o'rganish [50]
Pishiriq qilish / Mazali shirinliklar tayyorlash [33]
Tort tayyorlash / Tort pishirishni o'rganish [7]
Salat tayyorlash / Salatlar qilishni o'rganish [16]
Ichimliklar tayyorlash / Qaynoq va Yaxna ichimliklar [6]
Ayollar bo'limi / Qizlarga maslahatlar [56]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari [142]
Sport yangiliklari / Sport xabarlari [58]
Futbol yangiliklari / Futbol xabarlari [33]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / Badavlat bo'lish [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [16]
Psixologik testlar / Qiziqarli o'yinlar / Psixalogiya [22]
Sevgi va Muhabbat (Psixolog maslahatlari) [16]
Avtomobil olami / Mashinalar haqida ma'lumot [8]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami (Kunlik) [30]
21-Asr tehnologiyasi / XXI asr tehnologiyalari [60]
Mobil olam / Mobil telefonlar narxlari [23]
Shou biznes yangiliklari / Sanatkorlar haqida [74]
Savol bering javob beramiz / So'ragan edingiz [29]
Bolalar salomatligi / Farzand tarbiyasi haqida [28]
Go'zallik sirlari / Chiroyli bo'lish / Chiroyli qomat siri [75]
Qo'shiqlar matni / Qo'shiq so'zlari [336]
Yulduzlar biografiyasi / Honandalar hayoti va Ijodi [17]
Ob-havo ma'lumotlari / Bugungi ob-havo yangiliklari [33]
1-Aprel hazil va Kulgi kuni haqida ma'lumotlar va she'rlar / 1-Апрел хазиллари [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar [82]
Kompyuterlar haqida ma'lumotlar / Kompyuter darslari [9]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [44]
Web sayt yaratish sirlari / sayt tuzishni o'rganish va Dasturlash tillari [9]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 308
Мини-чат
Статистика
waplog Statok.net
Онлайн всего: 36
Гостей: 36
Пользователей: 0
Главная » 2018 » Июль » 18 » O‘zbekistonda Internet narxi yil oxirigacha ketma-ket kamaytirib borilishi aytildi
11:52
O‘zbekistonda Internet narxi yil oxirigacha ketma-ket kamaytirib borilishi aytildi
AKT vazirligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi O‘zbekistondagi aloqa operatorlari hamda internet provayderlari bilan ularni qiynayotgan muammolar va yechimini kutayotgan masalalar, ochiq savollar yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda «O‘zbektelekom» AK tomonidan hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi ishtirokida hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar yaqindan tahlil qilindi.

Uchrashuvda xalqaro kanallarning o‘tkazuvchanlik darajasi bor-yo‘g‘i yarim yil ichida 1,5 barobar oshirilgani qayd etildi. Shu bilan birga, internet-kanallarning hamda IP-transport narx-navosini maqbullashtirish muhim masala bo‘lib qolayotgani ta’kidlandi.

«O‘zbektelekom» AK rahbariyati tomonidan 2018 yilning so‘ngiga qadar Internet-kanal narxi bosqichma-bosqich pasaytirilishi hamda mavjud sig‘imlar tezkorlik bilan kengaytiriladi. Shu bilan birga, kanallar arendasi uchun tariflarning pasaytirilish ham muhim vazifalardan biri bo‘lib turibdi. Qolaversa, «O‘zbektelekom» AK infratuzilmasidan ijaraga foydalanishning tarif va yagona tartib ham qayta ko‘rib chiqiladi.

Jamoatchilik kengashi muhokamalari natijasi bo‘yicha operator va provayderlar uchun vazirlik qoshida Ekspertlar kengashini tuzish taklifi ilgari surildi. Ekspertlar kengashi raisi Jamoatchilik kengashiga har oyda internet xizmatlari bozorini rivojlantirish va zarur muhitni yaratish uchun Internet provayderlarning takliflarini taqdim etib boradi.

Shuningdek, yig‘ilishda ayni paytda O‘zbekistondagi mintaqaviy telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha vazifalar tayyorlanayotgani, xususan, hududlarga optik tolali aloqa tarmoqlarini tortish masalasi diqqat-e’tiborda ekani qayd etildi. Jumladan, uchrashuvda aloqa tarmoqlarini abonentlarning ulanish nuqtasigacha tortish, ya’ni loyihalashtirishning «so‘nggi milya» tamoyili bo‘yicha zamonaviy yechimlaridan foydalanilayotgani aytildi.

Uchrashuv yakunida operator va provayderlarga hududlarda keng polosali internetga ulanish bo‘yicha vazirlikka o‘zlarining sarmoyaviy loyihalarini taqdim etish taklif qilindi.
Просмотров: 86 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: Internet, oxirigacha, Yil, aytildi, kamaytirib, borilishi, O‘zbekistonda, ketma-ket, narxi | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Июль 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Copyright MyCorp © 2018
uCoz