Пятница, 30.09.2022, 09:04
Приветствую Вас Гость | RSS

Категории раздела
Dunyo yangiliklari / Olam xabarlari [268]
Yurtimiz xabarlari / O'zbekiston yangiliklari [241]
Qiziqarli ma'lumotlar / Faktlar / Turfa olam [221]
Foydali maslahatlar / Kerakli ma'lumotlar [566]
Pazandalik sirlari / Ovqat qilishni o'rganish [50]
Pishiriq qilish / Mazali shirinliklar tayyorlash [33]
Tort tayyorlash / Tort pishirishni o'rganish [7]
Salat tayyorlash / Salatlar qilishni o'rganish [16]
Ichimliklar tayyorlash / Qaynoq va Yaxna ichimliklar [6]
Ayollar bo'limi / Qizlarga maslahatlar [56]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari [144]
Sport yangiliklari / Sport xabarlari [66]
Futbol yangiliklari / Futbol xabarlari [33]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / Badavlat bo'lish [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [17]
Sevgi va Muhabbat (Psixolog maslahatlari) [17]
Avtomobil olami / Mashinalar haqida ma'lumot [11]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami (Kunlik) [31]
21-Asr tehnologiyasi / XXI asr tehnologiyalari [62]
Mobil olam / Mobil telefonlar narxlari [23]
Shou biznes yangiliklari / Sanatkorlar haqida [77]
Savol bering javob beramiz / So'ragan edingiz [29]
Bolalar salomatligi / Farzand tarbiyasi haqida [28]
Go'zallik sirlari / Chiroyli bo'lish / Chiroyli qomat siri [75]
Qo'shiqlar matni / Qo'shiq so'zlari [340]
Yulduzlar biografiyasi / Honandalar hayoti va Ijodi [17]
Ob-havo ma'lumotlari / Bugungi ob-havo yangiliklari [34]
1-Aprel hazil va Kulgi kuni haqida ma'lumotlar va she'rlar / 1-Апрел хазиллари [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar [85]
Kompyuterlar haqida ma'lumotlar / Kompyuter darslari [9]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [44]
Web sayt yaratish sirlari / sayt tuzishni o'rganish va Dasturlash tillari [9]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 370
Мини-чат
Статистика
waplog Statok.net
Онлайн всего: 3
Гостей: 3
Пользователей: 0

Главная » 2017 » Март » 7 » Lenovo — jahonning «№1» raqamli kompyuter ishlab chiqaruvchisi
10:45
Lenovo — jahonning «№1» raqamli kompyuter ishlab chiqaruvchisi

IDC kompaniyasi 2016 yil jahon kompyuter bozoridagi holat bo‘yicha har yilgi tahlilni e’lon qildi. IDC tadqiqot markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda Lenovo kompaniyasi kompyuter ishlab chiqaruvchilari orasida peshqadamlaik qilgan.

Lenovo 2013 yildan boshlab jahon kompyuter bozoriga desktop, noutbuk yetkazib berishda yaqqol yetakchilik qiladi. So‘nggi 12 yildan buyon Lenovo personal kompyuterlar bozorining kuchli beshligidan o‘rin egallab keladi.

2003 yilda jahon kompyuter bozori yetakchilaridan biriga aylangan Lenovo kompaniyasi 2013 yilga kelib dunyo bo‘yicha sotilgan shaxsiy kompyuterlarning 16,9%ini ishlab chiqargan bo‘lsa, 2014 yilda bu ko‘rsatkich 19,2%ga, 2015 yilda 20,7%ga, 2016 yil yakunlariga ko‘ra esa 21,3%ga yetgan.

Lenovo’ning muvaffaqiyatli odimlari Osiyo va Tinch okeani mamlakatlarida, Yevropa, Yaqin Sharq, Afrika va Amerika davlatlarida tobora oshib, 2016 yilda kompaniya 55,5 mln. dona kompyuter qurilmasi yetkazib bergan. Jahon miqyosida esa 2016 yilda barcha ishlab chiqaruvchilar tomonidan 260 mln. dona qurilma sotilgan. Bu avvalgi yilga nisbatan 5,7%ga kam degani.

Lenovo ayni paytda o‘yinlar o‘ynashga mo‘ljallangan kompyuter qurilmalarini ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratgan.

Xitoyning Lenovo Group Limited kompyuter kompaniyasiga 1984 yilda Liu Chuanji tomonidan asos solingan. 60 mingga yaqin xodim ishlaydigan kompaniyaning 60 dan oshiq mamlakatda bo‘linmalari mavjud. Kompaniya 160 mamlakatdagi xaridorlarga mahsulot yetkazib beradi.

Lenovo stol kompyuterlari, mobil telefon, netbuk, noutbuk, planshet, server, monitor, videoproektor, videokarta, klaviatura va butlovchilar va boshqa turdagi aksessuarlar, dasturlar ishlab chiqaradi.

«Lenovo» so‘zi «Le-» (kompaniyaning ilk nomidan, ya’ni Legend’dan olingan) va lotincha «novo» «yangi» degan so‘zlar qorishmasidan hosil bo‘lgan. Uning xitoycha nomi «lyansyan» bo‘lib, «yaratuvchanlik» degan ma’noni bildiradi.

 


Manba: Terabayt.uz


Категория: Kompyuterlar haqida ma'lumotlar / Kompyuter darslari | Просмотров: 1267 | Добавил: System | Теги: lenovo haqida, sotib olish, acer kopmyuteri, lenova kompyuterlari, kompyuterlar, noutbuklar haiqda, yaxshi kompyuterlar, kompyuterni o'rganamiz | Рейтинг: 5.0/7
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Март 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031

Copyright MyCorp © 2022
uCoz