Понедельник, 17.12.2018, 01:36
Приветствую Вас Гость | RSS

Категории раздела
Dunyo yangiliklari / Olam xabarlari [265]
Yurtimiz xabarlari / O'zbekiston yangiliklari [239]
Qiziqarli ma'lumotlar / Faktlar / Turfa olam [220]
Foydali maslahatlar / Kerakli ma'lumotlar [566]
Pazandalik sirlari / Ovqat qilishni o'rganish [50]
Pishiriq qilish / Mazali shirinliklar tayyorlash [33]
Tort tayyorlash / Tort pishirishni o'rganish [7]
Salat tayyorlash / Salatlar qilishni o'rganish [16]
Ichimliklar tayyorlash / Qaynoq va Yaxna ichimliklar [6]
Ayollar bo'limi / Qizlarga maslahatlar [56]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari [142]
Sport yangiliklari / Sport xabarlari [61]
Futbol yangiliklari / Futbol xabarlari [33]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / Badavlat bo'lish [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [16]
Psixologik testlar / Qiziqarli o'yinlar / Psixalogiya [22]
Sevgi va Muhabbat (Psixolog maslahatlari) [16]
Avtomobil olami / Mashinalar haqida ma'lumot [10]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami (Kunlik) [30]
21-Asr tehnologiyasi / XXI asr tehnologiyalari [62]
Mobil olam / Mobil telefonlar narxlari [23]
Shou biznes yangiliklari / Sanatkorlar haqida [77]
Savol bering javob beramiz / So'ragan edingiz [29]
Bolalar salomatligi / Farzand tarbiyasi haqida [28]
Go'zallik sirlari / Chiroyli bo'lish / Chiroyli qomat siri [75]
Qo'shiqlar matni / Qo'shiq so'zlari [336]
Yulduzlar biografiyasi / Honandalar hayoti va Ijodi [17]
Ob-havo ma'lumotlari / Bugungi ob-havo yangiliklari [33]
1-Aprel hazil va Kulgi kuni haqida ma'lumotlar va she'rlar / 1-Апрел хазиллари [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar [85]
Kompyuterlar haqida ma'lumotlar / Kompyuter darslari [9]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [44]
Web sayt yaratish sirlari / sayt tuzishni o'rganish va Dasturlash tillari [9]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 315
Мини-чат
Статистика
waplog Statok.net
Онлайн всего: 10
Гостей: 10
Пользователей: 0
Главная » 2018 » Март » 18 » Korrupsiyaning oldini olishda qanday choralar samara beradi?
19:17
Korrupsiyaning oldini olishda qanday choralar samara beradi?
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda “Korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha choralar samaradorligini oshirish yo‘llari” mavzusida konferensiya o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar bermoqda.
Unda Senat a’zolari, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Yuristlar malakasini oshirish markazi, tegishli idora va muassasalar rahbarlari, olimlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
Konferensiyada “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish bilan bir qatorda, uning samarali ijrosini ta’minlashga qaratilgan vazifalar muhokama markazida bo‘ldi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli amalga oshirishning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Ta’kidlanganidek, 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi Davlat dasturining ijrosini ta’minlash maqsadida “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi, “Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi hamda “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonunlarning qabul qilinishi korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish jarayonini tezlashtirishda muhim huquqiy asos vazifasini o‘tamoqda.
Anjuman ishtirokchilari qayd etganidek, mazkur jarayonni yanada jadallashtirish, ko‘zlangan samaraga erishish uchun hali qilinishi lozim bo‘lgan ishlar ham oz emas. Jumladan, bu borada “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi, “Davlat va xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunlarni amaliyotga joriy qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, jamiyatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga chek qo‘yish uchun bugun qabul qilinayotgan qonunlar hamda qonunosti hujjatlarning sifatini oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, oqibatlarini bartaraf etish, yuzaga kelishiga sharoit yaratuvchi omillarni o‘rganish asnosida unga qarshi kurashishning aniq chora va mexanizmlarini qo‘llash davr talabiga aylanmoqda.
Konferensiyada korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha choralar samaradorligini oshirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat va jamoat tashkilotlarining o‘rni, bunda iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy choralarning ahamiyati haqida ma’ruzalar tinglandi.
Tegishli vazirlik va mutasaddi idoralarning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi mas’uliyatini kuchaytirish, ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni yanada takomillashtirish, davlat organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning shaffofligi va samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda internet va ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan keng foydalanishga doir amaliy taklif va tavsiyalar ilgari surildi.
Konferensiyada muhokama etilgan masalalar yakuni bo‘yicha tegishli tavsiyalar qabul qilindi.
Категория: Foydali maslahatlar / Kerakli ma'lumotlar | Просмотров: 301 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: samara, qanday, choralar, olishda, oldini, Korrupsiyaning, beradi? | Рейтинг: 5.0/4
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Март 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031

Copyright MyCorp © 2018
uCoz