Пятница, 30.09.2022, 08:46
Приветствую Вас Гость | RSS

Категории раздела
Dunyo yangiliklari / Olam xabarlari [268]
Yurtimiz xabarlari / O'zbekiston yangiliklari [241]
Qiziqarli ma'lumotlar / Faktlar / Turfa olam [221]
Foydali maslahatlar / Kerakli ma'lumotlar [566]
Pazandalik sirlari / Ovqat qilishni o'rganish [50]
Pishiriq qilish / Mazali shirinliklar tayyorlash [33]
Tort tayyorlash / Tort pishirishni o'rganish [7]
Salat tayyorlash / Salatlar qilishni o'rganish [16]
Ichimliklar tayyorlash / Qaynoq va Yaxna ichimliklar [6]
Ayollar bo'limi / Qizlarga maslahatlar [56]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari [144]
Sport yangiliklari / Sport xabarlari [66]
Futbol yangiliklari / Futbol xabarlari [33]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / Badavlat bo'lish [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [17]
Sevgi va Muhabbat (Psixolog maslahatlari) [17]
Avtomobil olami / Mashinalar haqida ma'lumot [11]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami (Kunlik) [31]
21-Asr tehnologiyasi / XXI asr tehnologiyalari [62]
Mobil olam / Mobil telefonlar narxlari [23]
Shou biznes yangiliklari / Sanatkorlar haqida [77]
Savol bering javob beramiz / So'ragan edingiz [29]
Bolalar salomatligi / Farzand tarbiyasi haqida [28]
Go'zallik sirlari / Chiroyli bo'lish / Chiroyli qomat siri [75]
Qo'shiqlar matni / Qo'shiq so'zlari [340]
Yulduzlar biografiyasi / Honandalar hayoti va Ijodi [17]
Ob-havo ma'lumotlari / Bugungi ob-havo yangiliklari [34]
1-Aprel hazil va Kulgi kuni haqida ma'lumotlar va she'rlar / 1-Апрел хазиллари [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar [85]
Kompyuterlar haqida ma'lumotlar / Kompyuter darslari [9]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [44]
Web sayt yaratish sirlari / sayt tuzishni o'rganish va Dasturlash tillari [9]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 370
Мини-чат
Статистика
waplog Statok.net
Онлайн всего: 7
Гостей: 7
Пользователей: 0

Главная » 2017 » Апрель » 4 » Kompyuter yoqilmayapti qanday tuzatamiz?
17:57
Kompyuter yoqilmayapti qanday tuzatamiz?
...Kompyuter qarshisiga yaxshilab joylashib oldingiz. Miriqib o‘yin o‘ynash niyatidasiz. POWER tugmasini bosdingiz. Kompyuter yonmadi. Qaytadan bosib ko‘rdingiz – jim-jit. Nima bo‘ldiykan? Xavotirga tushasiz. Keling, bunday holatlarda qanday yo‘l tutish kerakligini ko‘rib chiqamiz. Kompyuter yoqilmasligiga ko‘p narsalar sabab bo‘lishi mumkin. Eng ko‘p uchraydigan holat – tizimga elektr tokining yetib kelmasligidir. Bunday vaziyatda birinchi bo‘lib tashqi omillarni ko‘rib chiqish kerak, chunki aksariyat hollarda arzimagan sabablar tufayli bunday muammo yuzaga keladi. Shunchaki, e’tiborliroq bo‘lishimiz kerak. Avvalo, kompyuter simi rozetkaga va ozuqa blokining o‘ziga yaxshi ulanganligini tekshirish kerak. Balki oyog‘ingiz tegibmi, boshqa sabab bilanmi, sug‘urilib qolgandir. Balki, rozetkaning o‘ziga tok kelmayotgandir, uni ham tekshirib ko‘ring. Tizim blokining orqa tomonida viklyuchatel bo‘lsa, u o‘chirib qo‘yilgan bo‘lishi ham mumkin. Agar kompyuteringiz UPS – barqaror ozuqa manbaiga ulangan bo‘lsa, simni undan sug‘urib, to‘g‘ri rozetkaga ulab ko‘ring. Agar shunda ham kompyuter ishlab ketmasa, bevosita kompyuterni o‘zini tekshirishni boshlaymiz. Lekin kompyuteringiz kafolat ostida bo‘lsa, yaxshisi o‘zbilarmonlik qilmay, mutaxassislarga murojaat qiling. Chunki kafolatli ta’mirlash ustaxonalari plombasi buzilgan tizim blokini qabul qilmaydilar. Baribir muammoni o‘zingiz hal etishga qaror qilgan bo‘lsangiz, tizim blokini oching va u yerdagi «navbatchi» kuchlanish svetodiodi yonayotganligini tekshiring. Agar svetodiod yonmayotgan bo‘lsa, demak ayb ozuqa blokida, deb ayta olamiz.Ehtiyot bo‘ling! Quyida keltiriladigan barcha amallarni bajarayotganda xavfsizlik qoidalarini unutmang. Tizim bloki bilan ishlaganda, har bir amal oldidan kompyuterni tokdan uzish esingizdan chiqmasin.Ona platadagi ozuqa blokidan kelayotgan simlar yaxshi ulanganligini tekshirib ko‘ring. Buning uchun ularni sug‘urib, qaytadan tegishli raz’yomlarga yaxshilab joylaymiz. Yana tekshirib ko‘ramiz. Baribir ishlamadimi? Unda ozuqa blokining ishlashini tekshiramiz. Agar yuqorida aytganimiz diod mavjud bo‘lmasa, tok kelayotganligini tester bilan sinab ko‘rish mumkin (fizika darsida uning nimaligini o‘tgan bo‘lsangiz kerak). Platadan 20-24 kontaktli konnektorni sug‘uramiz, testerni kuchlanishni tekshirish holatiga keltiramiz va qizil uchini (plyus tomoni) binafsharang simga, qora uchini esa (minus) istalgan qora sim uchiga tekkizamiz. Kuchlanish tahminan 5 voltni tashkil etishi kerak. Agar ko‘rsatkich boshqacha bo‘lsa, yoki umuman bo‘lmasa, demak muammo – ozuqa blokida, uni almashtirish kerak. Agar tester bo‘lmasa, uning o‘rniga konnektorning yashil va qora kontaktlarini pinsetmi, simmi yordamida bir-biriga tekkizish mumkin. Shundan keyin ozuqa bloki ishlab, ichidagi ventilyator aylana boshlashi kerak. Agar «g‘ing» demay turaversa, demak yana ayb ozuqa blokida. Buning sababi esa, ozuqa blokining eskirganligi va avvalgi kuchini yo‘qotganligi bo‘lishi mumkin. Agar kompyuterni o‘zingiz yiqqan bo‘lsangiz, kompyuteringiz uchun kuchsizlik qiladigan ozuqa bloki tanlab qo‘ygan bo‘lishingiz ham mumkin. Esingizda bo‘lsa, ozuqa bloki haqidagi maqolada bu masalani yoritgandik. Bu aytganimizni tekshirib ko‘rish uchun barcha qo‘shimcha qurimalar (printer, sichqoncha, klaviatura, videokarta, tezkor xotira, ovoz kartasi va boshqalar)ni ona platadan uzamiz, faqat protsessorning o‘zini qoldiramiz. Ishlab ketdimi? Agar ishlab ketgan bo‘lsa, hali uzib olganimiz qurilmalarni birma-bir joyiga ulaymiz. Har bir qurilmani ulagach, erinmay kompyuterni ishlatib ko‘ramiz. Qaysi qurilmani ulaganimizda kompyuter ishlamay qolsa, demak ayb ana o‘sha qurilmada bo‘ladi. «Aybdor» qurilmani boshqa kompyuterda sinab ko‘ramiz. Qurilmani bir o‘zini ulaganingizda kompyuter ishlab ketsa-yu, bir nechtasini baravar ulasangiz – yonmasa, demak ozuqa blokining kuchi kamlik qilmoqda. Kompyuter ishlamay qolishining yana bir sababi yoqish (Power) tugmasida bo‘lishi mumkin. Tizim blokini ochib, tugmadan ona plataga borgan uchta simni topamiz, ularni platadan uzib turamiz. Simlarni sug‘urib olgan joyingizda ikkita kalta sim bo‘ladi, ularni bir-biriga tekkizing (bu bilan Power tugmasini bosgandek bo‘lasiz). Agar ishlasa, demak sim tugmaga yaxshi ulanmagan bo‘ladi, o‘sha yerni yaxshilab tekshirish kerak.Yuqoridagilar kompyuter yoqilmasligining asosiy va ko‘p uchraydigan sabablaridir. Ularni bartaraf etsangiz, yana kompyuter sizga fidokorona xizmat qilishda davom etaveradi
Категория: Kompyuterlar haqida ma'lumotlar / Kompyuter darslari | Просмотров: 1025 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: tuzatamiz?, Kompyuter, qanday, yoqilmayapti | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Апрель 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

Copyright MyCorp © 2022
uCoz