Вторник, 03.08.2021, 13:10
Приветствую Вас Гость | RSS

Категории раздела
Dunyo yangiliklari / Olam xabarlari [267]
Yurtimiz xabarlari / O'zbekiston yangiliklari [240]
Qiziqarli ma'lumotlar / Faktlar / Turfa olam [221]
Foydali maslahatlar / Kerakli ma'lumotlar [566]
Pazandalik sirlari / Ovqat qilishni o'rganish [50]
Pishiriq qilish / Mazali shirinliklar tayyorlash [33]
Tort tayyorlash / Tort pishirishni o'rganish [7]
Salat tayyorlash / Salatlar qilishni o'rganish [16]
Ichimliklar tayyorlash / Qaynoq va Yaxna ichimliklar [6]
Ayollar bo'limi / Qizlarga maslahatlar [56]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari [144]
Sport yangiliklari / Sport xabarlari [62]
Futbol yangiliklari / Futbol xabarlari [33]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / Badavlat bo'lish [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [17]
Psixologik testlar / Qiziqarli o'yinlar / Psixalogiya [22]
Sevgi va Muhabbat (Psixolog maslahatlari) [17]
Avtomobil olami / Mashinalar haqida ma'lumot [10]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami (Kunlik) [31]
21-Asr tehnologiyasi / XXI asr tehnologiyalari [62]
Mobil olam / Mobil telefonlar narxlari [23]
Shou biznes yangiliklari / Sanatkorlar haqida [77]
Savol bering javob beramiz / So'ragan edingiz [29]
Bolalar salomatligi / Farzand tarbiyasi haqida [28]
Go'zallik sirlari / Chiroyli bo'lish / Chiroyli qomat siri [75]
Qo'shiqlar matni / Qo'shiq so'zlari [340]
Yulduzlar biografiyasi / Honandalar hayoti va Ijodi [17]
Ob-havo ma'lumotlari / Bugungi ob-havo yangiliklari [33]
1-Aprel hazil va Kulgi kuni haqida ma'lumotlar va she'rlar / 1-Апрел хазиллари [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar [85]
Kompyuterlar haqida ma'lumotlar / Kompyuter darslari [9]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [44]
Web sayt yaratish sirlari / sayt tuzishni o'rganish va Dasturlash tillari [9]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 360
Мини-чат
Статистика
waplog Statok.net
Главная » 2018 » Июль » 16 » Insonning tarbiyasi uning nevrozga uchramasligiga katta ta’sir ko‘rsatadi
14:19
Insonning tarbiyasi uning nevrozga uchramasligiga katta ta’sir ko‘rsatadi
Salomatlik – bebaho boylik. U yagona, shu bilan birga unga zarba beradigan kasalliklarning esa son-sanog‘i yo‘q. Nevroz kasalliklari ana shu dardlardan biri hisoblanadi. Bugungi suhbatdoshimiz Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Nevrologiya kafedrasining mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Baxtiyor G‘afurovning tavsiya va maslahatlari hech birimizni befarq qoldirmaydi, deb o‘ylaymiz.

— Sababsiz natija bo‘lmaydi, deydi donishmandlar. Albatta, biror xastalikning kelib chiqishiga ham turli omillar ta’sir ko‘rsatadi. Shu ma’noda asab kasalliklarining paydo bo‘lishiga nimalar sabab bo‘ladi, deb hisoblaysiz?

— Ma’lumki, ko‘plab kasalliklar 2 turli: irsiyatga bog‘liq holda va turmush davomida orttirilgan bo‘lishi mumkin. Asab kasalliklari ham xuddi shu asoslarda paydo bo‘ladi. Shuni ta’kidlash joizki, mavjud irsiy kasalliklarning qariyb yetmish foizi asab xastaliklari hisoblanadi. Bunda asosiy omil sifatida qarindoshlar orasidagi nikohni keltirish mumkin.

Inson hayoti davomida turli vaziyatlarga tushishi, har xil voqea-hodisalarni boshidan o‘tkazishi mumkin. Xursandchilik damlarida ham, g‘am-tashvishga duchor bo‘lganida ham o‘zining ruhiyatini boshqara olgan odam irodali sanaladi. Iroda insonni asab xastaliklaridan asray oladi.

Birinchidan, shaxsning ichki dunyosi uning hayotida muhim rolь o‘ynaydi. Aytmoqchi bo‘lganimiz, Alloh tomonidan in’om etilgan o‘ziga xos fe’l-atvor kishilarni turli kasalliklarga giriftor etadi yoki mutlaqo darddan yiroqda saqlaydi. Tabiatan vazmin, keng fe’lli odamlar har narsaga asablarini buzishmaydi, natijada ulardagi asab tizimi bir me’yorda faoliyat ko‘rsataveradi. Aksincha, fe’li tor, yengil tabiatli odamlar hayotning mayda tashvishlariga duch kelganda ham jig‘ibiyron bo‘laverishadi. Shuning uchun bunday kishilarda xastaliklarga moyillik kuchli bo‘ladi.

Ikkinchidan, kuchli ruhiy zo‘riqish, tasodifiy voqea-hodisalar natijasida tushkunlikka tushib qolish ham asab kasalliklariga olib keladi. Qolaversa, eng asosiy omillardan biri sifatida inson tarbiyasini aytib o‘tgan bo‘lardim. Zotan, kishi keng dunyoqarash va tugal madaniyat egasi bo‘lsa, u o‘zini har qanday vaziyatda idora qila oladi. Demakki, insonning madaniyati, tarbiyasi ham uning nevrozga uchramasligiga katta ta’sir ko‘rsatadi.

E’tibor bergan bo‘lsangiz, hayotda shunday insonlar borki, bo‘lar-bo‘lmasga o‘z fe’l-atvorini namoyon etaveradi. Mayda-chuyda gap-so‘zlardan ham janjal chiqaraverish, jamoat joylarida hadeb asabiylashish va bu bilan boshqalarning ham kayfiyatiga salbiy ta’sir o‘tkazishni asab kasalliklari bilan emas, tarbiyasizlik deb baholash kerak, nazarimda. Chunki o‘zining “Men”iga egalik qila oladigan odam asabini ham asray oladi, o‘zini boshqara olmaydigan odam nafaqat o‘z sog‘ligidan, balki atrofdagilarining hurmatidan ham mosuvo bo‘lishlari bor gap.

— Chindan ham, ota-bobolarimiz farzand tarbiyasiga «yo hayot, yo mamot» masalasi darajasida qarashganida ham ulkan ma’no bor. Siz mutaxassis sifatida yosh avlodni asab kasalliklaridan asrash uchun qanday tavsiyalar berasiz?

— Eng avvalo, farzandini har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazishni orzu qiladigan ota-ona bolasi bilan munosabatda me’yorni unutmasligi kerak. Ya’ni, farzandlarimizni mehnatkash qilib tarbiyalashi, ularni o‘zi foydalanayotgan ne’matlarning qadriga yetishga o‘rgatishi muhim ahamiyat kasb etadi. Nega oilada yolg‘iz farzandlar asabi nozik bo‘lib ulg‘ayadi? Chunki ular bolaligidanoq haddan ortiq e’tibor va mehribonchilikka o‘rganishgan. Bunday odamlar hayotning arzimagan zarbasiga uchrashganida ham toliqib qolishlari mumkin. Yoki, aksincha, ko‘p farzandli oilalarda ham ba’zi bolalar nevrozga uchrashlari kuzatiladi. Chunki ularga e’tibor yetishmaydi. Shu bois farzand tarbiyasida me’yorni saqlash, bolalarimizni rag‘batlantirish barobarida ularni mustaqil hayotga o‘rgatib borish lozim. Yoshligidan hayotdagi voqea-hodisalarga real baho berishni o‘rganib borgan inson turmushning eng og‘ir damlarida ham esankirab qolmaydi.
Просмотров: 487 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: uchramasligiga, katta, nevrozga, uning, ta’sir, tarbiyasi, Insonning, ko‘rsatadi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск
Календарь
«  Июль 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Copyright MyCorp © 2021
uCoz