Четверг, 26.04.2018, 08:55
Приветствую Вас Гость | RSS

Категории раздела
Dunyo yangiliklari / Olam xabarlari [250]
Yurtimiz xabarlari / O'zbekiston yangiliklari [228]
Qiziqarli ma'lumotlar / Faktlar / Turfa olam [218]
Foydali maslahatlar / Kerakli ma'lumotlar [559]
Pazandalik sirlari / Ovqat qilishni o'rganish [50]
Pishiriq qilish / Mazali shirinliklar tayyorlash [33]
Tort tayyorlash / Tort pishirishni o'rganish [7]
Salat tayyorlash / Salatlar qilishni o'rganish [16]
Ichimliklar tayyorlash / Qaynoq va Yaxna ichimliklar [6]
Ayollar bo'limi / Qizlarga maslahatlar [56]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari [142]
Sport yangiliklari / Sport xabarlari [56]
Futbol yangiliklari / Futbol xabarlari [30]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / Badavlat bo'lish [13]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [16]
Psixologik testlar / Qiziqarli o'yinlar / Psixalogiya [22]
Sevgi va Muhabbat (Psixolog maslahatlari) [16]
Avtomobil olami / Mashinalar haqida ma'lumot [8]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami (Kunlik) [29]
21-Asr tehnologiyasi / XXI asr tehnologiyalari [60]
Mobil olam / Mobil telefonlar narxlari [23]
Shou biznes yangiliklari / Sanatkorlar haqida [69]
Savol bering javob beramiz / So'ragan edingiz [29]
Bolalar salomatligi / Farzand tarbiyasi haqida [28]
Go'zallik sirlari / Chiroyli bo'lish / Chiroyli qomat siri [75]
Qo'shiqlar matni / Qo'shiq so'zlari [333]
Yulduzlar biografiyasi / Honandalar hayoti va Ijodi [17]
Ob-havo ma'lumotlari / Bugungi ob-havo yangiliklari [31]
1-Aprel hazil va Kulgi kuni haqida ma'lumotlar va she'rlar / 1-Апрел хазиллари [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar [76]
Kompyuterlar haqida ma'lumotlar / Kompyuter darslari [9]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [44]
Web sayt yaratish sirlari / sayt tuzishni o'rganish va Dasturlash tillari [9]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 299
Мини-чат
Статистика
waplog Statok.net
Онлайн всего: 23
Гостей: 23
Пользователей: 0
Главная » 2018 » Апрель » 3 » Ikki metrli timsohni yutib yubormoqchi bo‘lgan anakonda
19:37
Ikki metrli timsohni yutib yubormoqchi bo‘lgan anakonda
Trinidad va Tobago Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘z xodimlarining ko‘z o‘ngida ikki metrli kaymanni (Markaziy va Janubiy Amerikada yashovchi timsohlarning bir turi) yutib yuborishga uringan 3,7 metrli anakonda hozirda odamlar uchun xavf tug‘dirmayotganini ma’lum qildi, deb xabar beradi Daryo.

Ulkan ilonni Trinidad orolining shimolida joylashgan ferma xodimi u o‘z o‘ljasini yutayotgan vaqtida payqab qolgan. “Ilonni mahalliy hududdagi ko‘lning oldiga borgan ishchilardan biri ko‘rib qolgan”, — deydi veterinar Neshal Rampersad. Uning so‘zlariga ko‘ra, sodir bo‘lgan voqea xuddi National Geographic’ning filmlariga o‘xshab ketgan.

Ko‘lning atrofiga yig‘ilgan odamlar sudralib yuruvchini o‘z mobil telefonlariga tasvirga ola boshlangan. Tomoshabinlardan biri anakondaga tegingach, u kaymanni tashlab suv ostida qochib ketgan. Birozdan keyin ferma xodimlari uni suvdan chiqarib olgan.

Voqea joyiga West-India universitetidan gerpetolog olib kelingan. Mutaxassis bilan maslahatlashilganidan so‘ng, hukumat vakillari anakondani tinch qo‘yishga qaror qildi. Agar kelajakda ilon ferma xodimlari yoki hayvonlar xavfsizligiga tahdid uyg‘otsa, boshqa joyga ko‘chirib o‘tkaziladi.

Bundan olti yil oldin Trinidadda uzunligi 5,2 metr, og‘irligi 100 kilogramm bo‘lgan anakonda qo‘lga olingandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu so‘nggi 30 yil ichida Janubiy yarimsharda aniqlangan eng katta ilon hisoblanadi.
Просмотров: 59 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: bo‘lgan, yubormoqchi, yutib, anakonda, Ikki, metrli, timsohni | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Апрель 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30

Copyright MyCorp © 2018
uCoz