Суббота, 17.11.2018, 10:15
Приветствую Вас Гость | RSS

Категории раздела
Dunyo yangiliklari / Olam xabarlari [261]
Yurtimiz xabarlari / O'zbekiston yangiliklari [234]
Qiziqarli ma'lumotlar / Faktlar / Turfa olam [220]
Foydali maslahatlar / Kerakli ma'lumotlar [566]
Pazandalik sirlari / Ovqat qilishni o'rganish [50]
Pishiriq qilish / Mazali shirinliklar tayyorlash [33]
Tort tayyorlash / Tort pishirishni o'rganish [7]
Salat tayyorlash / Salatlar qilishni o'rganish [16]
Ichimliklar tayyorlash / Qaynoq va Yaxna ichimliklar [6]
Ayollar bo'limi / Qizlarga maslahatlar [56]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari [142]
Sport yangiliklari / Sport xabarlari [58]
Futbol yangiliklari / Futbol xabarlari [33]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / Badavlat bo'lish [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [16]
Psixologik testlar / Qiziqarli o'yinlar / Psixalogiya [22]
Sevgi va Muhabbat (Psixolog maslahatlari) [16]
Avtomobil olami / Mashinalar haqida ma'lumot [8]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami (Kunlik) [30]
21-Asr tehnologiyasi / XXI asr tehnologiyalari [60]
Mobil olam / Mobil telefonlar narxlari [23]
Shou biznes yangiliklari / Sanatkorlar haqida [75]
Savol bering javob beramiz / So'ragan edingiz [29]
Bolalar salomatligi / Farzand tarbiyasi haqida [28]
Go'zallik sirlari / Chiroyli bo'lish / Chiroyli qomat siri [75]
Qo'shiqlar matni / Qo'shiq so'zlari [336]
Yulduzlar biografiyasi / Honandalar hayoti va Ijodi [17]
Ob-havo ma'lumotlari / Bugungi ob-havo yangiliklari [33]
1-Aprel hazil va Kulgi kuni haqida ma'lumotlar va she'rlar / 1-Апрел хазиллари [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar [85]
Kompyuterlar haqida ma'lumotlar / Kompyuter darslari [9]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [44]
Web sayt yaratish sirlari / sayt tuzishni o'rganish va Dasturlash tillari [9]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 311
Мини-чат
Статистика
waplog Statok.net
Онлайн всего: 33
Гостей: 33
Пользователей: 0
Главная » 2018 » Март » 6 » Galaxy S9: S8'dan kuchli, biroq ancha arzon flagman bo‘ldi
22:30
Galaxy S9: S8'dan kuchli, biroq ancha arzon flagman bo‘ldi
Janubiy Koreyada Galaxy S9 va Galaxy S9+ flagmanlarining taqdimotidan so‘ng bu modellarni targ‘ib qilishga mo‘ljallangan maxsus “Galaxy Studios” markazlari ishga tushirildi. Samsung bugun ma’lum qilgan xabarlarga ko‘ra, 5 kun ichida 1.5 million nafardan ziyod tomoshabin ushbu markazlarga tashrif buyurgan.
“Galaxy Studios” markazlariga tashrif buyuruvchilar Galaxy S9 flagmanlarini qo‘lga olib tomosha qilishlari va kamera imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishlari mumkin. Jumladan, o‘zlarini suratga olib, sekinlashtirilgan video hamda “AR Emoji” texnologiyasi yordamida shaxsiy virtual qiyofalarini yaratishlari mumkin.
Samsung 2 martdan boshlab yirik yetkazib beruvchilarning hamda brend ishqibozlarining mazkur modellarga buyurtmalarini qabul qilmoqda. Flagmanlar 19 mart kuni Koreya Respublikasida sotuvga chiqariladi.
Samsung‘ning yangi flagmanlari 5,8- hamda 6,2 dyuymli, romdan xoli bo‘lgan Super AMOLED matritsali, yon tomonga qayrilgan dizayndagi Quad HD+ (2960 × 1440 pikselli) sig‘imli ekranga ega bo‘lgan. Bu smartfon hozirda eng kuchli Snapdragon 845 chipseti hamda ilg‘orlashgan kamera texnologiyasi bilan o‘ziga xos.
Aytish joizki, Snapdragon 845 protsessori o‘zining “ajdodi” bo‘lmish Snapdragon 835 chipidan 35 foizga samarali faoliyat ko‘rsatadi.
Galaxy S9 va S9 Plus kameralarida o‘rnatilgan mexanik apertura, ya’ni yorug‘likni taqsimlaydigan moslama hali biror flagmanda kuzatilmagan. Bunda apertura moslamasi surat olinayotgan sharoitdan kelib chiqib f/1.5 va f/2.4 oralig‘idagi standartni mustaqil belgilaydi. Natijada, yorug‘lik past sharoitda ham ISO me’yorida bo‘lib, surat yaxshi chiqadi.
Eng qiziq jihati, Samsung bu gal narx masalasida ancha yon bergan. Misol uchun, S8 modellari avvalgi flagmanlarga nisbatan 100 dollarga qimmatlashgan edi. Samsung Galaxy S8 $799 dollar, S8 Plus — $899 dollardan sotuvga chiqarilgan edi.
S9 modeli esa $720 dollar hamda S9+ modeli $840 dollar bahosida savdoga chiqariladi. Shunday bo‘lsa ham, savdo kutilganidek bo‘lmasligi mumkin. Samsung hozircha avvaldan buyurtma natijalarini e’lon qilgani yo‘q. Vaholanki, Samsung Galaxy S8’ga avvaldan buyurtma olishni boshlaganidan 4 kun o‘tib, 550,000 ta Galaxy S8 buyurtma qilingan.
Категория: 21-Asr tehnologiyasi / XXI asr tehnologiyalari | Просмотров: 248 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: GALAXY, bo‘ldi, ancha, kuchli, S8'dan, biroq, flagman, S9:, Arzon | Рейтинг: 5.0/4
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Март 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031

Copyright MyCorp © 2018
uCoz