Bugun O‘zbekiston bo‘yicha kam bulutli va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati 28-33 daraja issiqni tashkil etadi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, dam olish kunlari hududlarning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘iston va Xorazmda havo bulutli bo‘lishida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Cho‘l hududlarda va shimolda ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang kuzatiladi.
Shu kunlarda havo harorati kechalari 14-19 daraja iliqni, kunduz kunlari 30-35 daraja issiqni tashkil etadi, bu me’yoriy qiymatlardan 6-8 darajaga yuqori bo‘ladi.