Понедельник, 17.12.2018, 01:39
Приветствую Вас Гость | RSS

Категории раздела
Dunyo yangiliklari / Olam xabarlari [265]
Yurtimiz xabarlari / O'zbekiston yangiliklari [239]
Qiziqarli ma'lumotlar / Faktlar / Turfa olam [220]
Foydali maslahatlar / Kerakli ma'lumotlar [566]
Pazandalik sirlari / Ovqat qilishni o'rganish [50]
Pishiriq qilish / Mazali shirinliklar tayyorlash [33]
Tort tayyorlash / Tort pishirishni o'rganish [7]
Salat tayyorlash / Salatlar qilishni o'rganish [16]
Ichimliklar tayyorlash / Qaynoq va Yaxna ichimliklar [6]
Ayollar bo'limi / Qizlarga maslahatlar [56]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari [142]
Sport yangiliklari / Sport xabarlari [61]
Futbol yangiliklari / Futbol xabarlari [33]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / Badavlat bo'lish [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [16]
Psixologik testlar / Qiziqarli o'yinlar / Psixalogiya [22]
Sevgi va Muhabbat (Psixolog maslahatlari) [16]
Avtomobil olami / Mashinalar haqida ma'lumot [10]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami (Kunlik) [30]
21-Asr tehnologiyasi / XXI asr tehnologiyalari [62]
Mobil olam / Mobil telefonlar narxlari [23]
Shou biznes yangiliklari / Sanatkorlar haqida [77]
Savol bering javob beramiz / So'ragan edingiz [29]
Bolalar salomatligi / Farzand tarbiyasi haqida [28]
Go'zallik sirlari / Chiroyli bo'lish / Chiroyli qomat siri [75]
Qo'shiqlar matni / Qo'shiq so'zlari [336]
Yulduzlar biografiyasi / Honandalar hayoti va Ijodi [17]
Ob-havo ma'lumotlari / Bugungi ob-havo yangiliklari [33]
1-Aprel hazil va Kulgi kuni haqida ma'lumotlar va she'rlar / 1-Апрел хазиллари [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar [85]
Kompyuterlar haqida ma'lumotlar / Kompyuter darslari [9]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [44]
Web sayt yaratish sirlari / sayt tuzishni o'rganish va Dasturlash tillari [9]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 315
Мини-чат
Статистика
waplog Statok.net
Онлайн всего: 8
Гостей: 8
Пользователей: 0
Главная » 2018 » Апрель » 5 » Asalari zahri kimlarga va qachon foyda?!
18:57
Asalari zahri kimlarga va qachon foyda?!
Azal-azaldan asalari zahri tabobatda eng kerakli davo choralaridan biri µisoblangan. Qadimgi Yunoniston, Arabiston va Misr hamda Osiyo хalqlarida asalarini chaqtirish paytida odam noxushlik, og‘riq sezsa µam, a’zolardagi qon aylanish tezlashishi sezilgan. Shu-shu tabiblar bu usuldan yuzab kasalliklarni davolashda foydalana boshlashgan. Asalari zahri qaysi xastaliklarda asqotishi, kimlarga esa umuman tavsiya etilmasligi µaqida Namangan viloyati Xalq tabobati markazi tabibi, shifokor-terapevt Abduhalil BANNAYeV ma’lumot beradi.

Qaysi kasalliklarda qo‘llaniladi?

Davolash malakali shifokor-fizioterapevt yoki ushbu amaliyot uchun ruxsatnomasi bo‘lgan tabib nazoratida amalga oshiriladi. Aynan u kasallikning turi, bemorning µolati, yoshiga qarab, davolash usuli, miqdorini belgilaydi. Masalan, qon tomir xastaliklari, ayniqsa, xafaqon (qon bosimining oshishi)da asalari qo‘l-oyoq terisiga qo‘yiladi. Ushbu usul yordamida belangi, osteoxondrozni µam davolash mumkin. Chunki asalari zaµri ichida suyak tizimini mustahkamlovchi moddalar juda ko‘p. Nevroz, depressiya, yurak-qon tomir buzilishlarida ham ari chaqtirishga murojaat etish mumkin. Immuniyet tushganda, ortiqcha vaznda, podagra kasalligida, keksalardagi tarqoq skleroz, xotira pasayishida µam qo‘l keladi.

Tana moslashishi uchun

Birinchi chaqtirish bel sohasiga amalga oshirilib, atigi 5 soniya asalari tanaga qo‘yiladi. Har kuni chaqtirish muddati 5 soniyadan uzaytirilib boriladi.

Bunda birinchi kuni bitta asalarini qo‘yib, har kuni ularning sonini bittaga ko‘paytiriladi. Hammasi bo‘lib tanaga 10-15 tagacha asalari qo‘yib chaqtirish mumkin. Agar bemor chaqtirishni ko‘tarolmasa, muolaja kunora amalga oshiriladi.

Tanaffus qilinadimi?

Asalari zahri bilan davolashda bir kunda 4-6 tagacha asalarini chaqtirish mumkin. Bunda davolash muddati o‘nta muolajani o‘z ichiga oladi. Ilk oltita muolajadan keyin, chaqtirish uchtagacha kamaytiriladi.

Agar bemorda surunkali kasalliklar kuzatilayotgan bo‘lsa, chaqtirish usuli 45 kun davomida uzluksiz davom ettirilib, orada 2 oy tanaffus qilinadi.

Erkaklardagi jinsiy zaiflikni davolashdaasalari chaqtirish chov orasi va tizza ostiga bajariladi.

Zarari ham bor!

Odamni ari chaqqanida teri ostiga zahri bilan birga nishi ham tushadi. Aynan shu zaµar tufayli qizish, achishish va boshqa noxush belgilarni sezamiz. Asalari zahri tarkibida gistamin moddasi bor. Uni esa allergiyaga moyil odamlar ko‘tarolmaydi. Chunki allergiklarning qonida ushbu moddaning miqdori tabiatan yuqori bo‘ladi. Natijada, odamning yuzi shishib ketadi, vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, anafilaktik shok holati yuz berishi mumkin. Ayniqsa, qandli diabet bilan og‘rigan, homilador ayollar, isitma, o‘sma kasalligi bor bemorlar, oshqozon osti bezi, yurak kasalliklari qo‘zg‘agan paytda, buyrakdagi toshda davolashning bu turi tavsiya qilinmaydi.

Gormonal dori qabul qiladigan, klimaks yoshidagi ayollar ushbu muolajani ko‘p qo‘llamasliklari shart. Asalari chaqtirish usuli ayollarda osteoporoz kasalligini kuchaytirishi mumkin.

Bilib qo‘ygan yaxshi

Bemor jismonan µarakatchan bo‘lishi, ya’ni har kuni badantarbiya bilan shug‘ullanishi, ochiq havoda sayr qilishi, asosan sutli-sabzavotli ovqatlar iste’mol qilishi va kamroq go‘sht yeyishi tavsiya etiladi.

Davolanish paytida spirtli ichimliklar ichish, tamaki chekish mumkin emas.

Ayniqsa, davolanish paytida gimnastika, uqalash muolajalari bilan shug‘ullangan odamlar tez tuzaladi. Umurtqa kasalliklari, osteoxondroz, belangi va nevralgiyalarni davolashda asalari suti, mumini qabul qilish µam yaxshi natija beradi.

Barno HOJIMIRZAYeVA tayyorladi
Категория: Foydali maslahatlar / Kerakli ma'lumotlar | Просмотров: 199 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: VA, Asalari, qachon, Kimlarga, zahri, foyda?! | Рейтинг: 5.0/3
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Апрель 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30

Copyright MyCorp © 2018
uCoz