Суббота, 26.05.2018, 01:29
Приветствую Вас Гость | RSS

Категории раздела
Dunyo yangiliklari / Olam xabarlari [253]
Yurtimiz xabarlari / O'zbekiston yangiliklari [229]
Qiziqarli ma'lumotlar / Faktlar / Turfa olam [218]
Foydali maslahatlar / Kerakli ma'lumotlar [559]
Pazandalik sirlari / Ovqat qilishni o'rganish [50]
Pishiriq qilish / Mazali shirinliklar tayyorlash [33]
Tort tayyorlash / Tort pishirishni o'rganish [7]
Salat tayyorlash / Salatlar qilishni o'rganish [16]
Ichimliklar tayyorlash / Qaynoq va Yaxna ichimliklar [6]
Ayollar bo'limi / Qizlarga maslahatlar [56]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari [142]
Sport yangiliklari / Sport xabarlari [57]
Futbol yangiliklari / Futbol xabarlari [31]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / Badavlat bo'lish [13]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [16]
Psixologik testlar / Qiziqarli o'yinlar / Psixalogiya [22]
Sevgi va Muhabbat (Psixolog maslahatlari) [16]
Avtomobil olami / Mashinalar haqida ma'lumot [8]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami (Kunlik) [29]
21-Asr tehnologiyasi / XXI asr tehnologiyalari [60]
Mobil olam / Mobil telefonlar narxlari [23]
Shou biznes yangiliklari / Sanatkorlar haqida [70]
Savol bering javob beramiz / So'ragan edingiz [29]
Bolalar salomatligi / Farzand tarbiyasi haqida [28]
Go'zallik sirlari / Chiroyli bo'lish / Chiroyli qomat siri [75]
Qo'shiqlar matni / Qo'shiq so'zlari [333]
Yulduzlar biografiyasi / Honandalar hayoti va Ijodi [17]
Ob-havo ma'lumotlari / Bugungi ob-havo yangiliklari [31]
1-Aprel hazil va Kulgi kuni haqida ma'lumotlar va she'rlar / 1-Апрел хазиллари [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar [77]
Kompyuterlar haqida ma'lumotlar / Kompyuter darslari [9]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [44]
Web sayt yaratish sirlari / sayt tuzishni o'rganish va Dasturlash tillari [9]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 302
Мини-чат
Статистика
waplog Statok.net
Онлайн всего: 9
Гостей: 9
Пользователей: 0
Главная » 2018 » Апрель » 29 » 36 yoshli o'zbek olimi Eynshteynning taxminlarini amalda isbotladi
20:04
36 yoshli o'zbek olimi Eynshteynning taxminlarini amalda isbotladi
Dunyo olimlarining olib borgan qator izlanishlari natijasiga ko'ra, fizika faniga oid ajoyib yangilik physics.aps.org nashrida e`lon qilindi. Shunisi quvonarliki, ushbu ilmiy izlanish muallifi - hamyurtimiz, fizika fanlari doktori Farrux Fattoyev!

36 yoshli olimning ilmiy izlanishi gravitatsiyaviy to'lqinlarning yadro ustidagi nur sochishiga oid bo'lib, sinov natijalari neytron zarrachalari ichida joylashgan zich yadro moddalarini tasvirlab beruvchi LIGO va VIRGO tomonidan kuzatilgan. 100 yil oldin Eynshteyn taxmin qilgan gravatatsion to'lqinlarni bugunga kelib o'zbekistonlik Farrux Fattoyev boshchiligidagi ilmiy guruh isbotladi!

Mazkur ilmiy ish doktor Fattoyevning xalqaro miqyosdagi 19-maqolasi bo'lib, u bundan avval O'zFA Yadro fizikasi instituti, Hindistonning Puna Nazariy fizika markazi, Italiyaning Trieste universiteti, AQShning Florida va Texas universitetlarida faoliyat olib borgan. Ayni vaqtda Farrux Fattoyev Indiana universitetida ilmiy izlanishlarini davom ettirmoqda.

Farrux Fattoyev - oilali, 3 nafar farzandning otasi. Turmush o'rtog'i Zebo Fattoyeva – huquqshunos, hozirda Indiana universitetida doktorlik darajasini olish uchun tahsil olmoqda. Ta`kidlash joizki, Farruxning otasi - O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan xalq ta`limi xodimi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi, fizika fani pedagogi Abdujabbor Fattoyevdir.
Категория: Yurtimiz xabarlari / O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 155 | Добавил: BEST_ADMIN | Теги: amalda, O'zbek, taxminlarini, 36, olimi, Eynshteynning, isbotladi, yoshli | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Апрель 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30

Copyright MyCorp © 2018
uCoz